Studies in economics and education in the modern world
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD
Download 2.12 Mb. Pdf ko'rish
|
CANADA Vol. 2 No.9 oktyabr
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD
Vol. 2 No. 9 (2023) 57 mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o‗simliklarga bo‗lgan talabning keskin ortishiga sabab bo‗ldi. Oziq ovqat sanoatida ham dorivor o‘simliklardan keng foydalanish bugungi kunda yurtimiz hududida ustuvor yo‘nalishga aylanmoqda. Binobarin, dorivor o‗simliklarning asosiy ahamiyati kasallikni davolash emas. Ular birinchi galda inson va hayvon organizmiga faqat o‗simlik mahsuloti bilan kiradigan biologik faol moddalar (vitaminlar, organik kislotalar va boshqalar) yetishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olishda katta ahmiyatga egadirlar. Bu moddalar yuqorida aytilganidek organizmga ovqat bilan birga kirib, ba‘zi jarayonlarni kuchaytiradi, modda almashinuviga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Boshqacha qilib aytganda tirik organizmga turli biologik ta‘sir ko‗rsatadi. Tarkibida organik (olma, limon va boshqalar) kislotalar (bahzan ko‗p miqdorda) bo‗lgani uchun sabzavot,meva va ziravor o‗simliklar mehda shirasini ajralishini kuchaytiradi, ishtaha ochadi va ovqat hazm bo‗lishini yaxshilaydi. Ba‘zi sabzavot va mevalarda kaliy tuzlarini ko‗p bo‗lgani sababli ular yurak kasalliklarida foydali bo‗lib, istisqo, yurak va buyrak faoliyatini susayganida, buyrak-tosh va siydik yo‗llarini boshqa kasalliklarida organizmda yig‗ilib qolgan ortiqcha suyuqlikni chiqib ketishiga ko‗maklashadi. Ayni vaqtda gipertoniya kasalligida ham foydali. Ularni tarkibida osh tuzi juda kam bo‗ladi. SHuning uchun gipertoniya kasalligida sabzavot va quritilmagan mevalarni ko‗p iste‘mol qilish yaxshi. Mavjud ma‘lumotlarni tahlil qilish ko‘plab dorivor o‘simliklarni quritishning optimal rejimlarini aniqlash va xom ashyo yig‘imidan keyin zich o‘sish maydonlarini tiklanish darajasini o‘rganish bo‘yicha keng qamrovli tadqiqot dasturini tashkil etish zarurligini ko‘rsatdi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha kerakli tajriba ma‘lumotlari yo‘qligi sababli tavsiyalar faqat yaqin turlarga o‘xshashligi bo‘yicha berilgan. Dorivor o‘simlik xom ashyosini yig‘ish qoidalariga amal qilish tabiatni muhofaza qilish va xom ashyo tayyorlovchi tashkilotlarining davlat inspektorlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling