STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD
Vol. 2 No. 9 (2023)
51
lose its real meaning like a place where two roads meet and cross each other.
List of literature
Список литературы
1.Abdullayeva, I. A. (2022). PROBLEMS OF TRANSLATING ENGLISH
IDIOMS INTO UZBEK.
Academic research in educational sciences, 208-211.
2.Longman, A. W. (1998).
Longman Idioms Dictionary.
3.Whitford, H. a. (1973).
Handbook of American Idioms and Idiomatic Usage.
New York.
4.
https://en.wikipedia.org/wiki/Phraseology)
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD
Vol. 2 No. 9 (2023)
52
O„ZBEK TILIDA FRAZEOLOGIK VA PAREMIOLOGIK BIRLIKLAR
Xo‟shbaqova Nasiba Nurqobil qizi
Denov Tadbirkirlik va Pedagogika Instituti
Ma‘lumki dunyo tillari kabi o‘zbek tilida ham frazeologik birliklar hamda
paremiologik birliklar leksik birliklarning asasiy qismlari hisoblanadi. Bu kabi
leksik birliklar tilimizni yanada chiroyli va qiziqarli qilishi sir emas. Shunday ekan,
yillar davomida o‘zbek tilshunosligida ham ularning o‘rni
beqiyos va olimlar
frazeologik va paremiologik birliklarni o‘rganib kelmoqdalar.
XX asr tilshunoslarining eng bahsli mavzularidan biri - bu frazeologik
birikmalarning lug`atdagi o`rni va bu tilning chegaralari haqida munozaralar
yuritishdan iborat edi. Britaniya va amerikalik olimlar
frazeologik birikmalarni
asosan tilshunoslikning bir muammosi sifatida qarashgan. Ular o`z e`tiborlarini
frazeologik birikmalar va iboralar lug`atlarini tuzishga qaratishgan. Bunday
qilishdan ko`zlangan maqsad tajriba o`tkazish bo`lgan xolos, ya`ni ular barchani
ham
mahalliy aholini, ham xorijliklarni so`zlashuvdagi iboralar kitobi bilan
ta`minlashgan va xorijliklar va sof inglizlarning muhim farqli jihatlarini ko`rib
chiqqanlar. Bu yondashish qisman didaktik, qisman stilistik bo`lgan. Masalaning bu
tomoni kelajakda alohida maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borishga undaydi [2].
Frazeologiya
Frazeologik birliklar tilning boshqa
birliklaridan farq qiluvchi, o‘ziga xos
ma‘no va shaklga ega bo‘lgan birikmalardir. Ular so‘zlar va erkin
birikmalardan farqli ravishda sintaktik jihatdan yaxlit, semantik jihatdan o‘zgarmas
hisoblanadi.
Frazeologik birliklar va erkin birikmalar tuzilishi jihatidan ham semantik
jihatidan ham alohida alohida birliklardir. Frazeologik
birliklar yaxlit holda
yoki qisman ko‘chma ma‘noga ega so‘z birikmasi yoki gap tuzilishiga ega
birliklar hisoblanadi. Turg‘unlik frazeologik birliklarga xos xususiyat