Study of the thermal and temperature conditions of flat and inclined lands tekis va qiyalik yerlarning issiqlik va temperatura rejimini o
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
11 ГулДУ Ахборотнома 2021 Табиий №1 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ob`ektlari va metodlari
- * GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI, Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari seriyasi. 2021. № 1
Kirish. Qishloq xo`jalik o`simliklarini yetishtirishda gerbitsidlardan foydalanib kelamiz, begona o'tlarga qarshi kurashda kimyoviy preparatlar gerbitsidlardan foydalaniladi. Gerbitsidlar kimyoviy tarkibiga ko'ra anorganik va organik, ekinlarga va begona o'tlarga ta'sir etishiga qarab tanlab ta'sir etuvchi va yoppasiga ta'sir etuvchi gerbitsidlarga bo'linadi. Gerbitsidlar ekinlar va begona o'tarning xususiyadaridan kelib chiqqan holda ekishdan oldin, ekish vaqtida, o'sish davrida va hosil yig'ishtirib olingandan keyin qo'llaniladi. Ular yoppasiga va tasma usulida sepiladi. Ekishdan oldin yoppasiga sepiladigan gerbitsidlar boronalar yordarnida tuproqga aralashtiriladi. Ekish vaqtida va o'sish davrida esa ular tasma usulida yoki yoppasiga sepiladi [1]. Gerbitsidlarni ishlatishda abiotik omillar (shudring, shamol, temperatura) ham muhim hisoblanadi [2]. Gerbitsidlardan foydalanishda gerbitsidning turi va konsentratsiyasi muhim hisoblanadi. Gerbitsidlarni notoʻgʻri qoʻllash yuqori konsentratsiyalar, ishlov berish muddatlarini buzish, nato`g`ri tanlangan gerbitsid turlari, tuproq va tuproq muhiti, suv havzalarining ifloslanishi, oʻsimliklar va hayvonlarning halok boʻlishiga olib keladi. Gerbitsidning kerakli konsentratsiyasini topish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotning ob`ektlari va metodlari Gerbitsid faolligini aniqlash ko'chatlarning marfologik xususiyatlarini taqqoslash orqali aniqlandi. Labaratoriya sharoitida gerbitsidning o'sish stimulyatorlari ta'sirini sinash uchun quyidagi * GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI, Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari seriyasi. 2021. № 1 39 eksperimental sxemadan foydalanilgan: Galaxifop-P-metilning 500 mg / l, 250 mg / l, 125 mg / l, 62.5 mg / l konsentratsiyali eritmalaridan foydalanildi. Tajribada har bir eksperement uchun 30 tadan g`o`za urug`i ekilib undirildi va eksperementlarning samaradorligi o'simlik ko'chatlari uzunligi va massasini o'lchash orqali aniqlandi. Tajribada ko`chatlarning 8 ta morfologik belgilari (Umumiy uzunlik, yon shoxlar soni, asosiy shoxdagi kurtaklar soni, yon shoxdagi kurtaklar soni, umumiy kurtaklar soni, asosiy shoxdagi burglar soni, yon shoxdagi barglar soni, umumiy barglar soni) tahlil qilindi. Har bir arifmetik o'rtacha qiymat uchun xato (M ± m), ildizning o'rtacha kvadratik og'ishi (s), o'zgaruvchanlik koeffitsienti (CV) , atributlarning o'zgaruvchanlik darajasi olingan: CV > 20% - yuqori, CV = 11- 20% o'rta, CV <10% - past. Tajriba samaradorligini aniqlash uchun g`o`za ko`chatlarining o`rganilishi lozim bo`lgan qisimlarining uzunligi va massasini o`lchash orqali aniqlandi. Gerbitsidning ta`sirini har bir dozadagi ko`chatlarnig uzunlik va massasining o`rtacha nisbati orqali quyidagi formulada aniqlandi. (1,2) 100,% , l x L (1) х – uzunlik bo'yicha ingibitor ta`sir ko`rsatkichi(%); l – tajriba qismining o'rtacha uzunligi (sm); L- nazoratdagi tajribaning o'rtacha uzunligi (sm); 1 0 0 ,% , m y M (2) y - massa bo'yicha ingibitor ta`sir ko`rsatkichi (%); m – tajriba qismining o'rtacha massasi (gr); M - nazoratdagi tajribaning o'rtacha uzunligi (sm); Statistik ma'lumotlarga ishlov berish STATISTICA va EXCELL dasturiy to'plamidan foydalangan holda, Ploxinskiy (1970), Zaytsev (1991) qabul qilingan usullarga muvofiq amalga oshirildi. Turning ekologik, biologik xususiyatlari o`rganish uchun an'anaviy usullar va yondashuvlar yordamida tadqiqot olib borildi. Ontogenetik taktika o'sish sharoitlarining yomonlashishiga qarab o'zgaruvchanlik koeffitsientining (CV) tabiati bilan baholandi (Zlobin, 1989). Umuman olganda, ontogenetik taktikalarning to'rtta turi ajralib turadi. Ontogenetik taktikaning birinchi turi stabilizatsiya taktikasi (belgining o'zgarishi barqarorlashadi), ikkinchisi konvergensiya taktikasi (o'zgaruvchanlik darajasi pasayadi), uchinchisi tafovut taktikasi (o'zgaruvchanlik darajasi oshadi) va to'rtinchisi noaniq o'zgaruvchanlik taktikasi (belgining o'zgarishi darajasidagi noaniq o'zgarishlar). Turlarning omon qolishi uchun ontogenetik strategiya (Ishmuratova, Ishbirdin, 2004) o'simliklarning morfologik yaxlitligidagi o'zgarishlarning tabiati bilan belgilanib, belgilarni aniqlash koeffitsienti bilan aniqlandi (barcha belgilar bo'yicha juftlik nisbati koeffitsientlarining o'rtacha kvadratikasi sifatida - R 2 m ) [3]. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling