Study of the thermal and temperature conditions of flat and inclined lands tekis va qiyalik yerlarning issiqlik va temperatura rejimini o


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/71
Sana24.08.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1669926
TuriИсследование
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
Bog'liq
11 ГулДУ Ахборотнома 2021 Табиий №1 1

 
Kirish. Qishloq xo`jalik o`simliklarini yetishtirishda gerbitsidlardan foydalanib kelamiz, begona 
o'tlarga qarshi kurashda kimyoviy preparatlar gerbitsidlardan 
foydalaniladi. Gerbitsidlar kimyoviy 
tarkibiga ko'ra anorganik va organik, ekinlarga va begona o'tlarga ta'sir etishiga qarab tanlab ta'sir 
etuvchi va yoppasiga ta'sir etuvchi gerbitsidlarga bo'linadi. Gerbitsidlar ekinlar va begona o'tarning 
xususiyadaridan kelib chiqqan holda ekishdan oldin, ekish vaqtida, o'sish davrida va hosil yig'ishtirib 
olingandan keyin qo'llaniladi. Ular yoppasiga va tasma usulida sepiladi. Ekishdan oldin yoppasiga 
sepiladigan gerbitsidlar boronalar yordarnida tuproqga aralashtiriladi. Ekish vaqtida va o'sish davrida 
esa ular tasma usulida yoki yoppasiga sepiladi [1]. Gerbitsidlarni ishlatishda abiotik omillar (shudring, 
shamol, temperatura) ham muhim hisoblanadi [2]. 
Gerbitsidlardan foydalanishda gerbitsidning turi va konsentratsiyasi muhim hisoblanadi. 
Gerbitsidlarni notoʻgʻri qoʻllash yuqori konsentratsiyalar, ishlov berish muddatlarini buzish, nato`g`ri 
tanlangan gerbitsid turlari, tuproq va tuproq muhiti, suv havzalarining ifloslanishi, oʻsimliklar va 
hayvonlarning halok boʻlishiga olib keladi. Gerbitsidning kerakli konsentratsiyasini topish muhim 
ahamiyatga ega.
Tadqiqotning ob`ektlari va metodlari 
 
Gerbitsid faolligini aniqlash ko'chatlarning marfologik xususiyatlarini taqqoslash orqali
aniqlandi. Labaratoriya sharoitida gerbitsidning o'sish stimulyatorlari ta'sirini sinash uchun quyidagi 


* GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI,
Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari seriyasi. 2021. № 1
39 
eksperimental sxemadan foydalanilgan: Galaxifop-P-metilning 500 mg / l, 250 mg / l, 125 mg / l, 62.5 
mg / l konsentratsiyali eritmalaridan foydalanildi. 
Tajribada har bir eksperement uchun 30 tadan g`o`za urug`i ekilib undirildi va 
eksperementlarning samaradorligi o'simlik ko'chatlari uzunligi va massasini o'lchash orqali aniqlandi. 
Tajribada ko`chatlarning 8 ta morfologik belgilari (Umumiy uzunlik, yon shoxlar soni, asosiy 
shoxdagi kurtaklar soni, yon shoxdagi kurtaklar soni, umumiy kurtaklar soni, asosiy shoxdagi burglar 
soni, yon shoxdagi barglar soni, umumiy barglar soni) tahlil qilindi. 
Har bir arifmetik o'rtacha qiymat uchun xato (M ± m), ildizning o'rtacha kvadratik og'ishi (s), 
o'zgaruvchanlik koeffitsienti (CV) , atributlarning o'zgaruvchanlik darajasi olingan: CV > 20% -
yuqori, CV = 11- 20% o'rta, CV <10% - past. 
Tajriba samaradorligini aniqlash uchun g`o`za ko`chatlarining o`rganilishi lozim bo`lgan 
qisimlarining uzunligi va massasini o`lchash orqali aniqlandi. Gerbitsidning ta`sirini har bir dozadagi 
ko`chatlarnig uzunlik va massasining o`rtacha nisbati orqali quyidagi formulada aniqlandi. (1,2) 
100,%
,
l
x
L
 
(1) 
х – uzunlik bo'yicha ingibitor ta`sir ko`rsatkichi(%); 
– 
tajriba qismining o'rtacha uzunligi (sm);
L
nazoratdagi tajribaning o'rtacha uzunligi (sm); 
1
0
0
,%
,
m
y
M
 
(2) 
y - massa bo'yicha ingibitor ta`sir ko`rsatkichi (%); 
m – tajriba qismining o'rtacha massasi (gr); 
- nazoratdagi tajribaning o'rtacha uzunligi (sm); 
Statistik ma'lumotlarga ishlov berish STATISTICA va EXCELL dasturiy to'plamidan 
foydalangan holda, Ploxinskiy (1970), Zaytsev (1991) qabul qilingan usullarga muvofiq amalga 
oshirildi. 
Turning ekologik, biologik xususiyatlari o`rganish uchun an'anaviy usullar va yondashuvlar 
yordamida tadqiqot olib borildi. Ontogenetik taktika o'sish sharoitlarining yomonlashishiga qarab 
o'zgaruvchanlik koeffitsientining (CV) tabiati bilan baholandi (Zlobin, 1989). Umuman olganda, 
ontogenetik taktikalarning to'rtta turi ajralib turadi. Ontogenetik taktikaning birinchi turi stabilizatsiya 
taktikasi (belgining o'zgarishi barqarorlashadi), ikkinchisi konvergensiya taktikasi (o'zgaruvchanlik 
darajasi pasayadi), uchinchisi tafovut taktikasi (o'zgaruvchanlik darajasi oshadi) va to'rtinchisi noaniq 
o'zgaruvchanlik taktikasi (belgining o'zgarishi darajasidagi noaniq o'zgarishlar).  Turlarning omon 
qolishi uchun ontogenetik strategiya (Ishmuratova, Ishbirdin, 2004) o'simliklarning morfologik 
yaxlitligidagi o'zgarishlarning tabiati bilan belgilanib, belgilarni aniqlash koeffitsienti bilan aniqlandi 
(barcha belgilar bo'yicha juftlik nisbati koeffitsientlarining o'rtacha kvadratikasi sifatida - 


) [3]. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling