Subtropik mintaqalar


Download 37.72 Kb.
bet2/3
Sana08.03.2023
Hajmi37.72 Kb.
#1248395
1   2   3
Bog'liq
Suptropik va tropik zona o\'simliklari

Tropik cho‘llar tabiati. Tropik havo massalarining nihoyatda quruq ekanligi, havo bosimining yuqoriligi tropik chalacho‘l va cho‘llarning tarkib topishiga sabab bo‘lgan. Tropik cho‘llar materikning katta qismini (30 %) egallaydi va, asosan, shimoliy qismida joylashgan.

Sahroyi Kabir haqiqiy tropik cho‘llardan iborat. U dunyodagi cho‘llarning eng yirigi (maydoni 7,8 mln kv km). Yillik yog‘in miqdori 100 mm gacha. Ichki qismlarida bir necha yillar davomida yog‘in yog‘maydi. Qum, chang-to‘zonli quruq va issiq samum shamoli kuchli esadi. 

Tropik cho‘llarda tun bilan kunlik harorat keskin o‘zgaradi. Masalan, kunduzi havo harorati 40-50°C bo‘lsa, kechasi 0°C ga pasayishi mumkin. Buning natijasida cho‘ldagi tog‘larda tog‘ jinslarida darz va yoriqlar paydo bo‘lib, kuchli parchalanishlar kuzatiladi. Bunday joylarda mahalliy aholi gamada deb ataydigan toshloq sahrolar paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, tuproq va o‘simlik qoplamidan butunlay mahrum bo‘lgan barxan qumli cho‘llar katta maydonni egallaydi. Cho‘l markazida Tibesti (3 415 m), Darfur (3 088 m), Axaggar (2 918 m) kabi qoldiq tog‘lar bor.

Cho‘llarda chirindisiz qumoq cho‘l tuproqlari, pastlik joylarda sho‘rxok tuproqlar, vohalarda madaniy tuproqlar shakllangan. O‘simligi juda kam, pastlik joylarda sho‘ra, shuvoq, saksovul, yulg‘un, buta, akatsiya, Namib cho‘lida noyob velvichiya kabi o‘simliklar o‘sadi. Namib cho‘lining shimol va sharq tomonlarida chalacho‘llar boshlanadi. Bu yerlarda yostiqsimon o‘simliklar, molochay, aloe, yovvoyi sersuv tarvuzlar o‘sadi. Tarvuzlarni hayvonlar va aholi suv o‘rnida iste’mol qilishadi. Vohalarning asosiy o‘simligi xurmo hisoblanadi. Cho‘l sharoitiga moslashgan antilopa, giyena (chiрor sirtlon), tulki, chiyabo‘ri, tuya, kaltakesak, echkemar, toshbaqa kabilar asosiy hayvonlardir.
O sim lik larn in g tab iatd a va xalq xo jaligidagi aham iyati. 0'sim liklar dunyosi vakillari tabiatda juda keng tarqalgan: ulami quruqlikda, chuchuk va sho'r suvlarda, hatto Arktika va Antarktida muzliklarida ham uchratish mumkin. 0'sim liklar Yer yuzasida keng tarqalishidan tashqari juda xilma-xildir. Bulami bir-biridan ajratish va turli maqsadlarda foydalanish uchun ulami har tomonlama o rganish zarur. Yer sharida tarqalgan o simliklami o'rganish bilan botanika fani shug ullanadi. Hozirda o'simliklaming ichki va tashqi tuzilishi, o'sishi, rivojlanish qonuniyatlari, tashqi muxit bilan o'zaro munosabatlari, Yer sharidagi o'simliklar qoplamining tarqalishi va taqsimlanish qonuniyatlari, o simliklar olamining kelib chiqishi, o simliklaming tasnifi, xo'jalik nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo'!gan qimmatli o simlik turlarining tabiiy zahiralari va ulardan oqilona foydalanish yo llarini, yem-xashak, dorivor, mevali, sabzavot, texnik va boshqa turlami madaniylashtirishning ilmiy nazariy asoslarini ishlab chiqish tabiatni va o'simliklar resurslarim muhofaza qilishning ilmiy asoslarini yaratish botanikaning oldida turgan vazifalardir. 0'sim liklar foydalanish xarakteriga ko ra bir nechta guruhlarga ajratiladi. Bunda eng muhimi inson uchun ozuqa hisoblangan o simliklardir. Ularga bug doy, sholi, makkajo xori kabi qimmatli o simliklar kiradi. Sabzavot o simliklari, rezavor mevali, yong'oq meva, boshoqli, dukkakli, madaniy o simliklar ham katta ahamiyatga ega. O simliklaming ikkinchi gurjhini sanoatda foydalaniladigan turlar tashkil etadi. Ular moy beruvchi, efir moyli, tola beruvchi, oshlovchi, bo yoq beruvchi o'simliklardir. Uchinchi guruhga dorivor o'simlikIar kiritilib, ular kishilami turli kasalliklardan davolashda ishlatiladi. Qishloq xojaligida yem -xashak hisoblangan o'simliklar to'rtinchi guruh sifatida ahamiyatga ega. Beshinchi guruhm bakteriya va zamburug'lar tashkil etib bijg ish jarayonlarida va tuproq unumdorligini oshirishda katta rol o ynaydi. Insonning xo'jalik faoliyatida o'sim!iklardan hosil bo lgan mahsulotlar toshko'mir, yonuvchi slanetslar, torf va neft kabilar muhim ahamiyatga ega. Tirik tabiatning muhim tarkibiy qismi bo lgan o simliklar biologik moddalami normal aylanishini ta’minlaydi, atmosferani kislorod bilan boyitadi, organik moddalami to'playdi. Bu esa o 'z navbatida inson va hayvonlar uchun ozuqadir. 0'sim likIar mikro iqlimga ham ta'sir etadi, issiqlik balansini shakllanishida muhim aliamiyatga ega. Havoning nisbiy namligini oshiradi va joyning suv va shamol rejimlariga ta’sir etadi. Barcha o simlik turlari ilmiy-amaliy maqsadlar uchun bitmas-tuganmas boylik hisoblanadi. Shuning uchun ham noyob va yo qolib borayotgan o'simlik turlarini muhofaza qilish muhimdir. 0

Download 37.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling