Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-BOB. IJRO HARAKATLARINI AMALGA OShIRIShNING UMUMIY ShARTLARI


Download 147.61 Kb.
bet17/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

3-BOB. IJRO HARAKATLARINI AMALGA OShIRIShNING UMUMIY ShARTLARI
23-modda. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro hujjatini suddan yoki uni bergan boshqa organdan yoxud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o‘tmagan va mazkur hujjat ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lsa) ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atishi shart (bundan ushbu Qonunning 31-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno). Agar qonunchilikda ijro hujjatlarining ayrim turlariga doir majburiy ilovalar nazarda tutilgan bo‘lsa, ular davlat ijrochisiga ijro hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan o‘n besh kun muddat belgilaydi va qarzdorni mazkur muddat tugaganidan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ijro yig‘imi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar, shuningdek ijro xarajatlari undirilgan holda majburiy ijro etilishi to‘g‘risida xabardor qiladi. Sudning jarima tariqasida jazo tayinlash to‘g‘risidagi hukmi asosida berilgan ijro varaqasi bo‘yicha ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilganda uni ixtiyoriy ravishda ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 19-moddasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror nusxasi u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek hujjati ijro etilishi lozim bo‘lgan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi undiruvchining arizasiga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan mulkiy undiruv bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini ro‘yxatga olib, ularni xatlashga haqli bo‘lib, bu haqda mazkur qarorda ko‘rsatib o‘tadi.
(23-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
(23-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling