Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ijro harakatlarining ta’minlanishi


Download 147.61 Kb.
bet2/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

4-modda. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ijro harakatlarining ta’minlanishi
Agar undiruvchi bankda yoki boshqa kredit tashkilotida qarzdorning hisobvaraqlari mavjudligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lsa, pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari bayon etilgan ijro hujjatini undiruvchi bevosita ana shu bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga yuborishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning hisobvaraqlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bank yoki boshqa kredit tashkiloti ijro hujjati olingan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay ijro hujjatida bayon etilgan pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi talablarni ijro etadi yoxud qarzdorning hisobvaraqlarida undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablag‘i yo‘qligi sababli ko‘rsatilgan talablar to‘la yoki qisman ijro etilmaganligini qayd etib qo‘yadi.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan talablarni bajarmaslik sudning qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va miqdorda bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga jarima solishi uchun asos bo‘ladi.
(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Jarima miqdori mazkur Qonunning 81-moddasida belgilangan.
5-modda. Ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari
Ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga binoan quyidagilar ijro etilishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
1) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning, iqtisodiy va ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari;
(5-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi, shuningdek jarima tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmlari, ajrimlari va qarorlari;
(5-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 10-apreldagi O‘RQ-151-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 14-15-son, 94-modda)
3) ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi;
4) alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;
5) notariuslarning ijro xatlari;
6) mehnat nizolari komissiyalarining qarorlari;
7) ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar;
Oldingi tahrirga qarang.
8) hakamlik sudining qarorlari;
(5-moddaning 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-106-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlari;
(5-moddaning 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10) o‘zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni ma’muriy tartibda ko‘chirish to‘g‘risidagi prokurorlarning qarorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
11) davlat ijrochilarining ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardagi qarorlari;
(5-moddaning 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.
(5-moddaning 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling