Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Ijro ishi yuritishda huquqiy vorislik


Download 147.61 Kb.
bet9/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

12-modda. Ijro ishi yuritishda huquqiy vorislik
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishdan taraflarning biri chiqib ketgan taqdirda (undiruvchi yoki qarzdorning vafot etishi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talablardan voz kechilishi, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazilishi va shu kabilar) davlat ijrochisi o‘z qarori bilan ana shu tarafni uning huquqiy vorisi bilan qonunda belgilangan tartibda almashtirishi shart. Amalga oshirilgan barcha harakatlar chiqib ketgan taraf uchun qay darajada majburiy hisoblangan bo‘lsa, uning o‘rniga ijro ishi yuritishga kirgan huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50-moddasi (Yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda huquqiy vorislik), 23-bobi (majburiyatdagi shaxslarning o‘zgarishi) hamda V bo‘limiga (vorislik huquqi) qarang.
13-modda. Ijro ishi yuritishda taraflar vakillarining ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslar ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda yoki vakillari orqali ishtirok etishlari mumkin. Ijro ishi yuritishda jismoniy shaxsning shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi. Agar ijro hujjati bo‘yicha qarzdor zimmasiga faqat uning o‘zi shaxsan ijro etishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar yuklatilgan bo‘lsa, shuningdek ijro hujjatining xususiyati undiruvchining shaxsan ishtirokini talab qilgan hollarda ularni ijro etishda qarzdor yoki undiruvchi o‘z vakili orqali harakat qilishga haqli emas.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar ijro ishi yuritishda qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari yoki mansabdor shaxslari orqali yoxud mazkur organlar va mansabdor shaxslarning vakillari orqali ishtirok etadilar.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik shaxsning nomidan ishtirok etuvchi shaxslarda o‘z vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lishi shart.

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling