Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar
Download 147.61 Kb.
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-modda. Ijro ishi yuritishda tarjimonning ishtiroki
16-modda. Qonuniy vakillar
Ijro ishi yuritishda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari himoya qiladilar. Ular o‘z vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar. Qonuniy vakillar amalga oshirish huquqi vakil qilinayotganlarga tegishli bo‘lgan barcha harakatlarni qonunda nazarda tutilgan cheklanishlar bilan vakil qilinayotganlarning nomidan bajaradilar. Oldingi tahrirga qarang. Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan jismoniy shaxs ishtirok etishi lozim bo‘lgan ijro ishi yuritish bo‘yicha, bedarak yo‘qolganning mol-mulki ishonchli boshqaruviga berilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda tayinlangan shaxslar bedarak yo‘qolgan shaxsning vakili sifatida qatnashadilar. (16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33, 35-moddalari va 49-bobiga qarang. Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning merosxo‘ri ishtirok etishi lozim bo‘lgan ijro ishi yuritish bo‘yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo‘lsa, vasiy yoki meros mol-mulkni muhofaza qilish va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi merosxo‘rning vakili sifatida qatnashadi. LexUZ sharhi Fuqaroni bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 36 va 37-moddalari hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 32-bobida belgilangan. Qonuniy vakillar ijro ishi yuritishda ishtirok etishni o‘zlari vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga egadirlar. 17-modda. Ijro ishi yuritishda tarjimonning ishtiroki Ijro harakatlari amalga oshirilayotganda ijro ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi ta’minlanadi. Oldingi tahrirga qarang. Tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan tillarni biladigan har qanday voyaga yetgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxs tarjimon bo‘lishi mumkin. Tarjimon davlat ijrochisining qarori bilan tayinlanadi. (17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Tarjimon o‘z mehnati uchun haq olish huquqiga ega bo‘lib, bu haq ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi. LexUZ sharhi Mazkur Qonunning 9-bobiga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Tarjimon bila turib, noto‘g‘ri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi, bu haqda uni davlat ijrochisi yozma ravishda ogohlantiradi. (17-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Download 147.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling