Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 147.61 Kb.
bet7/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

83-modda. Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlar
Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
1) ushbu Qonunning 82-moddasida ko‘rsatilgan ayrim toifadagi ijro hujjatlari tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
2) iste’mol qilingan energiya resurslari va ichimlik suvi uchun majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar qarzdor yuridik shaxs (bundan qonunchilikka binoan tarmoqlardan uzilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan iste’molchilar mustasno) energiya resurslari tarmoqlaridan va suv ta’minotidan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
3) undiruvni garov bilan ta’minlangan mol-mulkka qaratish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha garov to‘g‘risidagi shartnoma;
4) soliq qarzini undirishga doir ijro hujjatlari bo‘yicha inkasso topshiriqnomalarining (to‘lov hujjatlarining) sanasi, raqami va summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ushbu mol-mulk xatlangan taqdirda, mol-mulkni xatlash haqidagi qaror va bayonnoma.
Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlar qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(81, 82 va 83-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
2-BOB. IJRO IShI YURITIShDA IShTIROK ETUVChI ShAXSLAR
9-modda. Ijro ishi yuritishdagi taraflar
Undiruvchi va qarzdor ijro ishi yuritishdagi taraflar hisoblanadi.
Ijro hujjati kimning foydasiga yoki manfaatlarini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs undiruvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni undiruvchiga berish yoxud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyati zimmasiga yuklatilgan shaxs qarzdor hisoblanadi.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Ijro ishi yuritishda bir necha undiruvchi yoki qarzdor ishtirok etishi mumkin. Ularning har biri boshqa tarafga nisbatan ijro ishi yuritishda mustaqil ishtirok etadi yoki ijro harakatlarida ishtirok etishni sheriklardan biriga topshirishi mumkin.

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling