Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Davlat ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti


Download 147.61 Kb.
bet68/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

90-modda. Davlat ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti Majburiy ijro byurosi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(90-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Majburiy ijro byurosi organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan Majburiy ijro byurosiga mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallarga, bo‘yoqlarning rangli grafik sxemalariga ega bo‘lgan avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochilarining faoliyatini qo‘shimcha moliyalashtirish va moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash maqsadida jamg‘arma tuzilishi mumkin. Ushbu jamg‘armani tashkil etish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(90-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish masalasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga qarash tavsiya etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 29-avgust,
258-II-son
Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling