Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 147.61 Kb.
bet10/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

14-modda. Vakilning vakolatlari
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobiga qarang.
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi vakil o‘zini vakil qilgan shaxs nomidan ijro ishi yuritish bilan bog‘liq barcha harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Vakil qilayotgan shaxs berayotgan ishonchnomada vakilning quyidagi harakatlarni amalga oshirish vakolatlari maxsus ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi kerak:
ijro hujjatini ijroga topshirish va uni chaqirib olish;
undiruvdan voz kechish;
vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (ishonib topshirish);
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni rad qilish;
(14-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
undirilgan mol-mulkni (shu jumladan pulni) olish;
Oldingi tahrirga qarang.
kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish.
(14-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
15-modda. Vakil bo‘lolmaydigan shaxslar
Voyaga yetmagan yoki vasiylikda yoxud homiylikda turgan shaxslar ijro ishi yuritishda vakil bo‘lishlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari, davlat ijrochilari va sud apparati xodimlari ijro ishini yuritishda vakillik qilishi mumkin emas. Bu qoida mazkur shaxslar ijro ishini yuritishda tegishli sudning, prokuratura, tergov, surishtiruv organining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning vakolatli vakili yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etadigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling