Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Ijro hujjatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni buzish oqibatlari


Download 147.61 Kb.
bet18/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

24-modda. Ijro hujjatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni buzish oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ijro hujjati ijroga topshirish muddati o‘tib ketganidan keyin yuborilgan bo‘lsa yoki ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, yoxud zarur hujjatlarni ularga qo‘yiladigan talablarga muvofiq holda rasmiylashtirib ijro hujjatiga ilova qilish to‘g‘risidagi talabga rioya qilinmagan bo‘lsa, davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida qaytarib yuboradi.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro hujjatini qaytarib yuborish to‘g‘risida qaror chiqariladi, uning nusxasi qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatini qaytarib yuborish to‘g‘risidagi qarorda ushbu Qonunning 8-moddasida va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qaysi talablar buzilganligi ko‘rsatiladi.
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatining yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni bartaraf qilish uchun qaytarib yuborilishi bunday nuqsonlar bartaraf qilinganidan keyin ijro hujjatini davlat ijrochisiga ikkinchi marta umumiy tartibda yuborish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Sud yoki boshqa organ ijro hujjatida yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni qaytarilgan ijro hujjati kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bartaraf qiladi va uni takroran davlat ijrochisiga yuboradi.
(24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatini qaytarib yuborish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
(24-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling