Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar
Download 147.61 Kb.
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA
221-modda. Ijro ishi yuritishda xabarnomalar va chaqiruvlar
Oldingi tahrirga qarang. Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar davlat ijrochisi tomonidan chiqarilgan qarorlar haqida, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa ijro harakatlari to‘g‘risida va majburiy ijro etish choralari haqida xabardor qilinadi, shuningdek davlat ijrochisining huzuriga yoxud ijro harakatlarini amalga oshirish joyiga chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma, telefonogramma, telegramma yoki boshqa aloqa vositalari (bundan buyon matnda chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma deb yuritiladi) orqali chaqirtiriladi. (221-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Ijro hujjati darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hollarda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni oldindan xabardor qilmasdan ijro harakatlarini amalga oshirishga va majburiy ijro etish choralarini qo‘llashga haqli. (221-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Agar ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili boshqa manzilni ko‘rsatmagan bo‘lsa, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxsga chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga yuboriladi. Chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxsning ish, o‘qish joyiga yuborilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Ijro hujjatida undiruvchining yoki qarzdorning elektron pochta manzili yoki mobil telefonining raqami mavjud bo‘lgan taqdirda (agar ular sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organga (mansabdor shaxsga) taqdim etilgan bo‘lsa), ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi bildirishnoma uning jo‘natilganligi va qabul qilib olinganligi faktlarini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoxud mobil telefonga qisqa xabar (SMS) tarzida yuboriladi. (221-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy shaxsga yo‘llangan chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno), qoida tariqasida, Majburiy ijro byurosining bo‘linmasiga qaytarilishi lozim bo‘lgan topshirganlik to‘g‘risidagi yozma bildirishnomaga jismoniy shaxsning imzosi qo‘ydirilgan holda unga shaxsan topshiriladi. Yuridik shaxsga yuborilgan chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno) yuridik shaxsning xodimiga topshiriladi, u topshirganlikni tasdiqlovchi yozma bildirishnomaga chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani olganligi haqida familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi. (221-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi) Agar chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani yetkazib beruvchi shaxs chaqirilayotgan jismoniy shaxsni topa olmasa, chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga topshiriladi, ular yo‘qligida esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (o‘quv muassasasi ma’muriyatiga) topshiriladi. Chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat bo‘lishi bilan darhol chaqiriluvchiga topshirishi shart. Adresat vaqtincha biror joyga ketgan bo‘lsa, chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani yetkazib beruvchi shaxs uning ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi. Bu ma’lumotlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan yoki ish beruvchining (o‘quv muassasasi ma’muriyatining) imzosi bilan tasdiqlanishi va guvohlantirilishi lozim. Oldingi tahrirga qarang. Adresat chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortganda, ularni yetkazib beruvchi shaxs davlat ijrochisiga qaytariladigan chaqiruv qog‘oziga, boshqa xabarnomaga belgi qo‘yadi. (221-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagi hollarda xabardor qilingan hisoblanadi, agar: chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma adresatga ushbu modda talablariga muvofiq yetkazib berilgan (yuborilgan) bo‘lsa; adresat chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani olishdan bosh tortsa; pochta xabarnomasini olgan bo‘lishiga qaramasdan adresat o‘z nomiga yuborilgan chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani olish uchun kelmasa. Majburiy ijro etish choralari to‘g‘risida xabardor qilingan shaxslarning hozir bo‘lmasligi mazkur choralarning bajarilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. Agar ijro hujjati bo‘yicha qarzdor zimmasiga faqat shaxsan o‘zi bajarishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar yuklatilgan bo‘lsa, davlat ijrochisining chaqiruvi bo‘yicha kelishdan bo‘yin tovlayotgan qarzdor davlat ijrochisining qarori asosida majburiy keltirilishi mumkin. (221-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Chaqiruv qog‘ozlari, boshqa xabarnomalar shakllarining namunalari, shuningdek ularning mazmuniga qo‘yiladigan talablar Majburiy ijro byurosi tomonidan belgilanadi. (221-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi) Download 147.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling