Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Ijro ishi yuritishda mutaxassislarning ishtiroki


Download 147.61 Kb.
bet13/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

20-modda. Ijro ishi yuritishda mutaxassislarning ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlarini amalga oshirayotganda yuzaga keladigan, maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun davlat ijrochisi o‘z tashabbusiga yoki taraflarning iltimosiga binoan o‘zining qarori bilan mutaxassis tayinlashi mumkin.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mutaxassis sifatida zarur bilimlarga ega shaxs tayinlanishi mumkin. Mutaxassis yozma ravishda xulosa beradi. Mutaxassisning yozma xulosasi u davlat ijrochisining qarori bilan tanishgan kundan e’tiboran o‘n besh ish kuni ichida taqdim etilishi kerak.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mutaxassis davlat ijrochisining chaqiruvi bo‘yicha kelishi, qo‘yilgan masalalar yuzasidan xolisona xulosa berishi, o‘zi bajarayotgan harakatlarni tushuntirib berishi shart. Mutaxassis ijro harakatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bajargan ishi uchun haq olish huquqiga ega. Bu haq ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
(20-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Davlat ijrochisining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi
Davlat ijrochilari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Mazkur organlar hamda tashkilotlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlashda sud ijrochilariga ko‘maklashishi shart.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlash maqsadida:
1) ichki ishlar organlari:
davlat ijrochisining qarori asosida qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani, shuningdek avtomototransport vositalarini qidirishni amalga oshiradi;
davlat ijrochisi huzuriga kelishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarning belgilangan tartibda majburiy keltirilishini ta’minlaydi;
ijro harakatlarini amalga oshirishda, shu jumladan davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlarining amalga oshirilishida biron-bir to‘siq bo‘lganda, jamoat tartibi saqlanishini ta’minlaydi;
qonunda belgilangan majburiy ijro etish choralarini amalga oshirish uchun, shu jumladan undiruvni avtomototransport vositasiga qaratish uchun ushbu avtomototransport vositasining majburiy to‘xtatilishini davlat ijrochisining topshirig‘i asosida ta’minlaydi;
avtomototransport vositasi egasi to‘g‘risidagi, tegishli qarzdorlar nomiga ro‘yxatga olingan avtomototransport vositalari haqidagi axborotni, shuningdek avtomototransport vositalariga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotni davlat ijrochisining yozma so‘rovi asosida uch kunlik muddatda taqdim etadi, sud ijrochilarining avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga oid belgilagan taqiqlarini ijro etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan hollarda ijro harakatlarini amalga oshirish davomida ro‘yxatga olingan avtomototransport vositalarini ko‘zdan kechirishda ishtirok etadi;
(21-modda ikkinchi qismi 1-bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sudning yoki davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlaydi;

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling