Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Ijro hujjatida ko‘rsatilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish


Download 147.61 Kb.
bet48/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

57-modda. Ijro hujjatida ko‘rsatilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatida ko‘rsatilgan ashyolar undiruvchiga topshirilgan taqdirda davlat ijrochisi bu ashyolarni qarzdordan olib qo‘yadi va topshirish dalolatnomasini tuzib, ularni undiruvchiga topshiradi.
(57-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Olib berilishi lozim bo‘lgan ashyolar yo‘qotilganligi yoki undiruvchi ularni olishdan bosh tortganligi yoxud hozir bo‘lish haqida bir necha bor taklif qilinishiga qaramasdan uning ashyolarni olish uchun kelmaganligi sababli ijro etishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, ashyolar qarzdorga qaytariladi, ijro ishi yuritish esa undiruvchiga ijro hujjatini qaytarish bilan tamomlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatida ko‘rsatilgan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar undiruvchiga topshirilgan taqdirda davlat ijrochisi mazkur qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga oluvchi shaxs tomonidan qarzdorning hisobidan chiqarilishi va ularni undiruvchining hisobiga o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror chiqaradi.
(57-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
6-BOB. UNDIRUVNI QARZDOR YuRIDIK ShAXSNING MOL-MULKIGA QARATIShNING XUSUSIYATLARI. QARZDOR YuRIDIK ShAXSNING MOL-MULKINI XATLASh VA REALIZATSIYA QILISh
58-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning pul mablag‘lariga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxs kassasining seyflarida saqlanayotgan va bu kassaning alohida ajratilgan xonasida yoki qarzdor yuridik shaxsning boshqa binolarida bo‘lgan so‘mdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablag‘lari ular aniqlanishi bilanoq, qarzni uzish ijro yig‘imi va ijro bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda darhol olib qo‘yilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Olib qo‘yilgan so‘mdagi pul mablag‘lari ertasi kundan kechiktirmay qarzga teng miqdorda undiruvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun bankka topshiriladi. Ijro yig‘imi summalari, shuningdek ijro xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan summalar davlat ijrochilarining depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilib, so‘ngra ijro xarajatlarining o‘rni ushbu summa hisobidan qoplanadi.
(58-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi qarzdor yuridik shaxsning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan pul mablag‘larini xatlash choralarini ko‘radi.
(58-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling