Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-BOB. MULKIY XUSUSIYATGA EGA BO‘LMAGAN NIZOLAR BO‘YIChA IJRO HUJJATLARINI IJRO ETISh


Download 147.61 Kb.
bet55/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

8-BOB. MULKIY XUSUSIYATGA EGA BO‘LMAGAN NIZOLAR BO‘YIChA IJRO HUJJATLARINI IJRO ETISh
71-modda. Qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarini ijro etishning umumiy shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atayotganda ularni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun unga o‘n besh kunlik muddat belgilaydi.
Davlat ijrochisi ijro hujjatining o‘zi belgilagan muddatda ixtiyoriy ravishda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Qarzdor ijro hujjatining talablarini davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmagan taqdirda, davlat ijrochisi qarzdorga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llaydi, sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlagan taqdirda esa uni jinoiy javobgarlik to‘g‘risida yozma shaklda ogohlantiradi. Qarzdor shundan so‘ng ham ijro hujjatini ijro etishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda uni jinoiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi;
(71-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
72-modda. Ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjati, basharti u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan yoki u qonunga xilof ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan bo‘lsa, darhol ijro etiladi.
Ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga o‘tkazish haqidagi o‘zining noqonuniy farmoyishini bekor qilish to‘g‘risida buyruq chiqarib, xodim ilgarigi mehnat majburiyatlarini bajarishga amalda qo‘yilgan vaqtdan boshlab tamomlangan hisoblanadi.

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling