Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdorini hisoblab chiqarish


Download 147.61 Kb.
bet53/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

65-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdorini hisoblab chiqarish
Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdori soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi.
66-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdori
Ijro hujjatlari bo‘yicha qarz to‘liq uzilgunga qadar, qarzdorga to‘lanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning ko‘pi bilan ellik foizi ushlab qolinishi mumkin.
Bir necha ijro hujjati bo‘yicha undiruv ish haqiga va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga qaratilganda, xodimda ish haqining ellik foizi saqlanishi lozim.
67-modda. Undiruvni jazoni o‘tayotgan qarzdorning ish haqiga qaratish
Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv sud hukmi yoki qaroriga ko‘ra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini hisobga olmagan holda ish haqining to‘liq summasi hisobidan amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalarida va qamoqxonalarda jazoni o‘tayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan tartibda butun ish haqidan amalga oshiriladi.
(67-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
68-modda. Undiruvni ijtimoiy sug‘urta nafaqasiga qaratish
Alimentlar undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi bilan bog‘liq holda ko‘rilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha undiruv faqat sudning qaroriga binoan vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganda to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta nafaqalariga va ishsizlik nafaqalariga qaratilishi mumkin.

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling