Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 147.61 Kb.
bet63/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

831-modda. Bosh davlat ijrochilarining va ular o‘rinbosarlarining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning o‘rinbosarlari:
quyi turuvchi davlat ijrochilaridan ijro ishi yuritish materiallarini, hujjatlar va ijro hujjatining ijro etilishi jarayoni to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni tekshirish uchun talab qilib oladi;
ijro ishi yuritish, shu jumladan u yoki bu ijro harakatlarini amalga oshirish bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar beradi;
davlat ijrochilarining noqonuniy va asossiz qarorlarini bekor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ijrochisi ijro ishi yuritish jarayonida qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ygan taqdirda, uni ijro harakatlarini bundan buyon amalga oshirishdan chetlashtiradi;
(831-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlariga doir shikoyatlarni ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq surishtiruv organi boshlig‘ining vazifalarini bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning o‘rinbosarlari boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(831-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
84-modda. Davlat ijrochilarining huquqlari
(84-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda:
(84-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaxslaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlar olish;
davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning yuritilishini ijro ishi yuritishga muvofiq tekshiruvdan o‘tkazish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;
qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan, qarzdorga qarashli bo‘lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda esa boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan joylarga va shu jumladan turar joylarga va omborlarga kirish, zarur bo‘lgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish, o‘zga shaxslarda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda esa bunday harakatlarni boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan joylar va omborlarda sud ajrimi asosida amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq mol-mulkni xatlash, xatlangan mol-mulkni olib qo‘yish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish;
(84-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qo‘yilgan pul mablag‘lari hamda o‘zga qimmatliklarini xatlash;
qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari bo‘yicha qarz summalarni undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qo‘yish;
olib qo‘yilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, xususiy mulkdagi joylardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaxslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transport vositasidan mol-mulkni tashish uchun xarajatlarni qarzdorning hisobiga kiritgan holda foydalanish;
ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos bo‘lgan ijro hujjatidagi talablarda noaniqlik bo‘lgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni so‘rab murojaat etish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ijro yig‘imlarini, davlat ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish;
(84-moddaning birinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
qarzdor jismoniy shaxsga, uning mol-mulkiga yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolaga nisbatan qidiruv e’lon qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirishda yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha, shu jumladan ijro usuli va tartibini o‘zgartirish masalasida sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirish davomida, zarur hollarda, ichki ishlar organlarining xodimlariga yordam so‘rab murojaat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
ijro hujjatlari talablarini uzrsiz sabablarga ko‘ra ixtiyoriy ravishda bajarmagan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan qarzdorlarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash, shuningdek sud hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlagan yoki sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish;
(84-modda birinchi qismining o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ushbu Qonunda belgilangan tartibda mol-mulkni baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotni jalb etish;
(84-modda birinchi qismining o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga vaqtincha cheklash belgilash huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(84-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling