Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-BOB. IJRO HUJJATINI IJRO ETMAGANLIK UChUN JAVOBGARLIK


Download 147.61 Kb.
bet62/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

11-BOB. IJRO HUJJATINI IJRO ETMAGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
81-modda. Ijro hujjatini bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan ijro etmaganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga iqtisodiy sud tomonidan undirilishi lozim bo‘lgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi.
(81-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
82-modda. Ijro hujjatini ijro etmaganlik va uning ijrosiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik
Ijro hujjatini ijro etmaganlik, shuningdek uning ijrosiga to‘sqinlik qilganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(82-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12-BOB. DAVLAT IJROChISINING MAQOMI
(12-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
83-modda. Davlat ijrochisi
O‘rta maxsus (yuridik) yoki oliy (yuridik) ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, alohida hollarda esa, boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar davlat ijrochisi bo‘lishi mumkin. Qoida tariqasida, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi katta davlat ijrochisi bo‘lishi mumkin.
Quyidagilarni:
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari (bundan bosh inspektorlar mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan holda Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining boshqa xodimlarini, hududiy boshqarmalarining tarkibiy bo‘linmalari, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘linmalarining boshqa xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi hokimiyat vakilidir va u xizmat majburiyatlarini bajarayotganida qonunchilikda prokuratura organlari uchun nazarda tutilgan formali kiyim-bosh kiyadi.
(83-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochilariga qonunchilikda belgilangan tartibda prokuratura organlari xodimlarining mansab darajalari beriladi.
(83-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Majburiy ijro byurosining direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining boshliqlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilaridir.
Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshlig‘i va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘limlari boshliqlari lavozimiga ko‘ra tegishincha bosh davlat ijrochilarining o‘rinbosarlaridir. Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘limlari xodimlari davlat ijrochilari maqomiga ega bo‘ladi.
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling