Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Davlat ijrochilarining majburiyatlari


Download 147.61 Kb.
bet64/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

85-modda. Davlat ijrochilarining majburiyatlari
Davlat ijrochisi o‘ziga berilgan huquqlardan qonunga muvofiq foydalanishi hamda o‘z faoliyatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.
Davlat ijrochisi:
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
ijro hujjatlarining o‘z vaqtida, to‘liq va to‘g‘ri ijro etilishi choralarini ko‘rishi;
ijro ishi yuritish taraflariga yoki ularning vakillariga ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar, nusxalar olish imkoniyatini berishi;
taraflarning ijro ishi yuritish borasidagi arizalarini va iltimosnomalarini ko‘rib chiqishi, shikoyat qilish muddatlari va tartibini tushuntirgan holda tegishli qarorlar chiqarishi;
agar o‘zi ijro ishi yuritish jarayonidan manfaatdor bo‘lsa yoki uning beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, o‘zini o‘zi rad etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin
(85-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
86-modda. Davlat ijrochisining qarori
Agar davlat ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda qabul qiladigan qarorlari (ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish, ijro yig‘imini undirish, jarima solish va boshqalar) ijro ishini yuritishdagi taraflar va boshqa shaxslar manfaatlariga daxldor bo‘lsa, davlat ijrochisi tegishli qaror chiqaradi, u ijro ishiga qo‘shib qo‘yiladi.
Davlat ijrochisining qarorida quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
qaror chiqarilgan sana va joy;
qarorni chiqargan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilganligi;
qaror orqali hal qilinadigan masala;
Oldingi tahrirga qarang.
qabul qilinayotgan qarorning davlat ijrochisi amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarini ko‘rsatgan holdagi asoslari;
(86-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ko‘rilayotgan masala bo‘yicha xulosa;
qaror ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish tartibi va muddati.
Davlat ijrochisining ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarori ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzilmagan holda chiqariladi va alohida ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilmasdan ijro etiladi.
Davlat ijrochisining qarori ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.
(86-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling