Sud notiqligi


sinegoriya deb atalardi. Bora-bora esa ana shu sinegorlar


Download 23.86 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2023
Hajmi23.86 Kb.
#1084168
1   2
Bog'liq
sud notiqligi

sinegoriya deb atalardi. Bora-bora esa ana shu sinegorlar toifasidan sud hay’atining ajralmas qismi bo‘lgan hozirgi tushunchadagi advokatlar kelib chiqdiki, bu ma’noda sinegorlar instituti chinakamiga ijobiy, demokratik rol o‘ynadi, deb aytish mumkin.
Sinegorlar notiqlik san’ati va huquqshunoslikdan maxsus ta’lim olgan kishilar bo‘lib, ana shu sud jarayonidagi qatnashuvchilar hisobiga o‘z himoyalaridagi kishilardan xizmat haqi olib, tirikchilik qiluvchi professional notiqlar edi. Shu ma’noda ularni ixtisoslashgan notiqlar, deb aytish mumkin. Chunki sud notiqligi oldida birovni oqlash uchun ular bor bilimlarini va mahoratlarini ishga solishga majbur edilar. Bugina emas, ular dastavval olgan ishlarini ipidan ignasigacha o‘rganib chiqishlari va nihoyat jonli so‘z san’atiga oid bor mahoratlarini ishga solib, sud jarayonida yutib chiqishga harakat qilishlari lozim edi. Shuning uchun ham sinegorlar sud notiqligi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar. Logograflar ham sinegorlarga juda o‘xshash kishilar bo‘lib, aslida ularni ham sinegorlardan ajralib chiqqan muayyan ixtisosli kishilar, deb aytish mumkin.
Logograflar nutq matnlarini tuzuvchi yoki yozib beruvchi kishilar edi. Sinegorlar ham yozib, ham himoya qilgan bo‘lsalar, logograflar ko‘proq yozib berish bilan shug‘ullanardilar. Biroq bu ularning shaxsan nutq so‘zlashlarini istisno qilmasdi.
Bu kasb egalari o‘z ixtisosliklari taqozosiga ko‘ra huquqshunoslik, notiqlik va nutq matnini yozishda iqtidorli kishilar bo‘lganlar. Chunki ular qonunshunos mutaxassis, ta’sirchan, mantiqiy izchil va ishontiruvchi nutqlarning yozuvchisi, o‘rni kelganda notiq sifatida o‘z himoyalaridagi kishilarni keng omma oldida, demokratik sud oldida oqlab chiqishlari kerak edi. Zabardast notiqlar nutqiga o‘rganib qolgan afinaliklar va sud hay’ati oldida bu ishni bajarish juda mushkul bo‘lgan. SHuning uchun ham logografiya bilan eng bilimdon, zehni o‘tkir, tadbirkor kishilargina shug‘ullanganlar. Shunisi ham borki, logografiya bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib kelgan kishilarning ko‘pchiligi bora-bora yo yirik davlat arbobi darajasiga ko‘tarilgan yo yaxshigina badiiy ijodkor-yozuvchi bo‘lib yetishgan.
Download 23.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling