Суд тиббий экспертиза турлари


Мурдада мумификация холати ва аҳамияти


Download 378.14 Kb.
bet11/33
Sana09.02.2023
Hajmi378.14 Kb.
#1179788
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
SUDMED

Мурдада мумификация холати ва аҳамияти

Мумиёланиш ҳолати шамоллатиладиган ва юқори хароратдаги мухитда кузатилади(t0+50-550C).
Мумиёланиш натижасида мурда хажми кичиклашади, ички аъзолар, мушаклар қурийди, тери қалинлашиб пергаментдай қалинликка эга бўлади ва қўнғир малла рангли тусга киради.
Чақалоқлар мурдаси мумиёланиши 3 – 4 хафта давомида, катта кишилар жасадида эса 6 – 12 ой давомида содир бўлади.
Мумиёланиш ўлим сабабини аниқлашда ёрдам берадиган жароҳатлар сифатида сақланиб қолиши мумкин.
1) To’liq mumifikatsiya tananing barcha kismlarida kuztilib, bunda murda tansi 80-90% gacha namlikni yukotadi
2) Qisman mumnfiikatsiya murda tanasining ayrim kismlarigina (bosh, kul, oyoq) yukorida keltirilgan sharoitda bulib, kolgan kismlari boshkacha sharoitda bulganda rivojlanadi. Masalan, bu xolat dafn etilgan murdaning kabrdan turli sabablar buyicha chikib kolgan kuli, oyogida kuzatilishi mumkin.



  1. Кушимча текширувлар учун мурдадан материал олиш

a) gistologiya tekshiruv. O‘limning barcha turlarida keng qo‘llaniladigan umum tekshiruv uslubidir. Bu maqsad uchun organ va to‘qima qirqimlari o‘lchamlari: 1,5x1,0x0,5 sm ga ega bo‘lishi va o‘tkir pichoq bilan kesib olinishi lozim, qirqimlarga patologik (shikastlangan) joy bilan o‘zgarmagan (shikastlanmagan) joy bilan birgalikda olinadi. Qirqimlar 5–10– 15% neytral formalinsuyuqligida fiksatsiya qilinadi.
b) kimyoviy tekshirish. Zaharlanish jarayonida o‘lgan yoki bunga gumon qilinganda keng qo‘llaniladigan uslubdir. O‘lik tanadan quyidagi tartibda biomaterial olinishi lozim: oshqozon suyuqligi bilan; ingichka va yo‘g‘on ichakning eng o‘zgargan joylaridan 1 – metrdan; jigar parenximasi bilan 1/3 qismi eng to‘laqonli joyidan o‘t xaltasi bilan birgalikda; yurak qoni bilan birgalikda; o‘pka parenximasi bilan 1/4 qismi eng to‘laqonli joyidan: kesilmagan bitta buyrak va mavjud bo‘lgan siydik; 200 ml qon.
Zaharlovchi moddaning organizmga kirish yo‘llari ma’lum bo‘lganda ko‘rsatilgan material bilan bir qatorda in’eksiya joyidan teri va mushaklar, to‘g‘ri ichak, qin va bachadon olinadi. Olingan har bir organ, to‘qima, qon, siydik va xokazolar alohida – alohida quruq va toza bankalarga solinadi. Etil va boshqa spirtlardan zaharlanganda qon va siydik (10 ml dan) yetarli hisoblanadi, chirigan holatlarda qon bo‘lmaganda mushak (200,0) yoki miya (200,0) to‘qimalari olinishi mumkin. Suvga cho‘qib o‘lgan shaxslar murdalardan diatom planktoni aniqlash maqsadida 200,0 dan o‘pka to‘qimasi, buyrak, suyak iligi, jigar, qon (10,0 ml) va asos suyaklari bo‘shliqlaridan suyuqlik olinadi. v) botanik tekshiruv. O‘simliklar urug‘i, bargi va boshqa qismlaridan xamma zamburug‘dan zaharlanganda va bu jarayonga gumon qilinganda qo‘llaniladi. Bu maqsadlar uchun ovqat qoldiqlari, qusuq, oshqozon – ichak mahsulotlari olinadi. g) bakteriologik tekshiruv. Ovqatdan zaharlanganada yoki bunga gumon bo‘lganda qo‘llaniladi. Sterillangan instrumentlar yordamida sterilli bankachalarga: qon (10 ml) probirkaga, o‘t pufagi suyuqligi bilan, ingichka ichakning eng o‘zgarmagan 3 ta joyidan (10 ml) (har ikki uchini ligatura bilan bog‘lab) olinadi. d) biologik tekshiruv. Qon, sperma va boshqa dog‘lar, soch tolalari, organ va to‘qimaqirqimlari, surtmalar yuboriladi. ye) tibbiy kriminalistik tekshiruv. Tibbiy kriminalistik tekshiruv ob’ektlari quyidagilardir: jarohatlangan teri qoplamlari, fassiya, plevra va qorin, miya pardalari, bo‘shliqlar devorlari, mayin to‘qima, organlar parenximalari, jarohat kanali bilan birgalikda, tog‘ay va suyaklar (ayniqsa o‘tkir vositalar jarohatida) ta’sir qurollari, kiyim – kechaklar, oyoq kiyimlar va xokazolar. j) rentgenologik tekshiruv. O‘q otar qurol jarohatlarida, yangi tug‘ilgan chaqaloq o‘liklari ekspertizasida, pnevmotoraks, gazli (havo) emboliya va boshqa hollar diagnostikasida keng qo‘llaniladi.




  1. Download 378.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling