Sud tizimida o‘zbekiston respublikasi oliy sudining tutgan o’rni. Reja
Download 44.83 Kb.
|
SUD TIZIMIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDINING TUTGAN O’RNI.
SUD TIZIMIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDINING TUTGAN O’RNI. Reja: 1.Sud tizimida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining tutgan o’rni. 2.O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibi, tuzilishi va vakolatlari. 3.O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi, Prezidiumi va hay’atlari. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 110-moddasiga ko’ra, “O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va O’zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega”. Oliy sudni tashkil etish va uning faoliyati 2000 yil 14 dekabrdagi “Sudlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi sifatidagi o’rni keng va quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: 1) umumiy yurisdiksiya sudlari sudloviga taalluqli bo’lgan fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi sifatida uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish; 2) Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy sudlari, viloyat, shahar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish; Sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish – bu birinchi navbatda ular tomonidan yo’l qo’yiladigan hatolarni aniqlash va ularni bartaraf etishdir. 3) sud amaliyotini o’rganish va umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish va ishlarni sudda ko’rib chiqish vaqtida qonun hujjatlarini qo’llash borasidagi masalalar bo’yicha sudlarga tushuntirishlar berish; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; Plenum tomonidan beriladigan tushuntirishlar muayyan qonunlarni qo’llash bo’yicha sudlarning umumlashtirilgan amaliyotiga tayanadi, uning mohiyatini aks ettiradi va kelgusida ushbu qonunlarni to’g’ri qo’llash uchun mo’ljallar beradi. 4) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi – qonunlar qanday ishlayapti, ularni qo’llashda qanday qiyinchilik va kamchiliklar mavjudligi haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lgan organlarda biri. Bu ma’lumotlarga tayanib u amaldagi qonunchilikning muammo va boshqa kamchiliklariga e’tiborni qaratgan holda qonun ijodkorligiga faol ko’maklashish imkoniyatiga ega. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi Konstitusiyaviy sud majlisida ishtirok eta oladi va ko’rib chiqiladigan masalalar bo’yicha o’z fikrini bildirishga haqli. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat qilish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va nazorat tartibida ko’radi. U o’zi birinchi instansiya sifatida ko’rgan ishlarni apellyasiya yoki kassasiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) huquqiga ega bo’lgan shaxslarning xohishiga ko’ra apellyasiya yoki kassasiya tartibida ko’rishi mumkin. Apellyasiya tartibida ko’rilgan ish kassasiya tartibida ko’rilmasligi kerak. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari: 1. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 2. sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi; 3. sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibi quyidagilardan iborat: O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi o’rinbosari — jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay’atining raisi hamda rais o’rinbosarlari — fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay’atlarining raislari, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalaridan iborat bo’ladi hamda quyidagi tarkibda ish olib boradi: O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati; Jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay’ati; Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay’ati; Ma’muriy ishlar bo’yicha sudlov hay’ati; Iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay’ati. Endi ularning har biriga alohida to’xtalib o’tamiz. 1. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlarining raislaridan iborat tarkibda ish olib boradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori qatnashadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi, adliya vaziri, sudyalar, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari ishtirok etishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini chaqirish tartibi “Sudlar to’g’risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi to’rt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Muhokama qilinadigan umumiy masalalarga doir hujjatlar loyihalari O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining a’zolariga, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga majlisdan yigirma kun ilgari yuboriladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Plenum a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo’lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining vakolatlari “Sudlar to’g’risida”gi Qonuning 17-moddasida ifodalangan va quyidagilardan iborat: sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko’rib chiqadi va qonun hujjatlarini qo’llash masalalari bo’yicha tushuntirishlar beradi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo’llanilishi lozim bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiqligi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudiga sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqidagi taqdimnomasini ko’rib chiqadi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomalariga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibini, sudlov hay’atlarining tarkibini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibini tasdiqlaydi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ishi to’g’risidagi axborotni, shuningdek sudlov hay’atlarining faoliyati haqidagi ma’ruzalarni tinglaydi; Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislarining qonun hujjatlarini qo’llash amaliyoti to’g’risidagi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonun hujjatlarini qo’llash masalalari bo’yicha tushuntirishlarini bajarish to’g’risidagi ma’ruzalarini tinglaydi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir hay’ati tarkibini tasdiqlaydi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati reglamentini tasdiqlaydi; qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining tartibi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan o’z vakolatlariga taalluqli masalalarni ko’rib chiqish tartibi “Sudlar to’g’risida”gi Qonunning 21-moddasida bayon etilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi muhokamasiga kiritilgan masalalar tegishincha ularning ma’ruzalari yoki ular vakolat bergan shaxslarning ma’ruzalari bo’yicha eshitiladi. Ushbu masalalarning muhokamasida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisiga taklif qilingan shaxslar ishtirok etishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori majlisda ishtirok etayotgan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi a’zolarining ko’pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi va qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Qonun hujjatlarini qo’llash masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar, ushbu tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini qo’llayotgan boshqa organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida bayonnoma yuritiladi va majlis yakuniga ko’ra qaror qabul qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasi O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi vazifasini bajarish bilan birga O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisini tayyorlashga, majlis bayonnomasini yuritishga doir ishlarni tashkiliy jihatdan ta’minlaydi va O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qabul qilgan qarorlarning ijrosi uchun zarur bo’lgan harakatlarni amalga oshiradi. 2. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati eng yuqori sudlov instansiyasi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tuziladi. Oliy Sudi Rayosati tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari lavozim bo’yicha kiradilar. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining majlislari har oyda kamida bir marta o’tkaziladi va O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati a’zolarining ko’pchiligi hozir bo’lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi: ishlarni nazorat tartibida ko’radi; sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini ko’rib chiqadi; Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislarining shu sudlar faoliyati to’g’risidagi va qonun hujjatlarini qo’llash amaliyoti to’g’risidagi ma’ruzalarini tinglaydi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari va apparatining ishini tashkil etish masalalarini ko’rib chiqadi; qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 3. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari quyidagi vakolatlarga ega: ishlarni birinchi instansiyada, apellyasiya, kassasiya tartibida va nazorat tartibida ko’radi; sud amaliyotini o’rganadi va umumlashtiradi; qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; sud statistikasini tahlil qiladi; qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatida Oliy sud raisi alohida o’rin tutadi. “Sudlar to’g’risida”gi Qonuning 26-moddasi raisning vakolatlari batafsil bayon etilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisining vakolatlari: O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi; sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi; sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi; sudlar tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda to’xtatib turadi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatining umumiy masalalar bo’yicha qabul qilgan qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishini tashkil etadi; ishni bir suddan boshqa sudga olib berish masalasini hal qiladi; Plenum va Rayosat muhokamasiga qonunga binoan ularning vakolatiga taalluqli bo’lgan masalalarni kiritadi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari qonun hujjatlariga muvofiq emasligi haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi; qonunlarni sharhlab berishni talab etuvchi masalalar yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudiga taqdimnomalar kiritadi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo’llanilishi lozim bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiqligi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudiga sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi ko’rib chiqishi uchun taqdimnoma kiritadi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi to’g’risida, sudlov hay’atlari hamda Sudyalarning oliy malaka hay’ati tarkiblari haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi; O’zbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqida ish qo’zg’atadi; rais o’rinbosarlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi; O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda sudlarning tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida o’zgartirishlar kiritadi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining shtat jadvalini tasdiqlaydi; buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi; fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda ariza va shikoyatlarni ko’rib chiqish ishlarini tashkil etadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o’rinbosari, rais o’rinbosarlari — sudlov hay’atlarining raislari vakolatlari ham qonun bilan tartibga solingan va quyidagilardan iborat: O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o’rinbosari, rais o’rinbosarlari — sudlov hay’atlarining raislari vakolatlari: O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatidan tashqari barcha instansiya sudlarining hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari ishiga rahbarlikni amalga oshiradi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga sudlov hay’atlarining faoliyati to’g’risidagi ma’ruzalarni taqdim etadi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari majlislarida raislik qiladi; sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi; tegishli quyi sudlarning faoliyatini tashkil etishga ko’maklashadi; sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish bo’yicha ishlarni tashkil etadi; sudlar tomonidan chiqarilgan, o’zlari protest kiritishga haqli bo’lgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini to’xtatib turadi; sudyalar va sudning boshqa xodimlari malakasini oshirish ishini tashkil etadi; vazifalar taqsimotiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibiy bo’linmalari ishiga rahbarlik qiladi. Download 44.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling