Sudga oid psixologiya ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish


Quyidagi holatlarni aniqlash zarurati sud-psixologik ekspertizasi tayinlashga asos bo’ladi


Download 132.41 Kb.
bet2/6
Sana07.11.2023
Hajmi132.41 Kb.
#1753856
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’Q OTAR QUROLI TA’SI

Quyidagi holatlarni aniqlash zarurati sud-psixologik ekspertizasi tayinlashga asos bo’ladi:
1) ruhiy kasallik bilan bog’liq bo’lmagan, psixik rivojlanishda orqada qolish alomatlariga ega bo’lmagan voyaga yetmagan ayblanuvchi o’z harakatlarining mohiyatini butunlay anglay olishi va shu harakatlarini qay darajada boshqara olish imkoniyatini aniqlash;
2) yosh xususiyatlarning psixik rivojlanish holati va individual-psixologik xususiyatlarga ko’ra psixik sog’lom guvoh va jabrlanuvchilarning ish uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan holatlarni to’g’ri tahlil etish va ular haqida oqilona ko’rsatma berish qobiliyatini aniqlash;
3)jinoyat sodir bo’lgan vaqtda shaxsda affekt va inson ongiga va harakatiga katta ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan nopatologik emosional holatlarning borligi yoki yo’qligini aniqlash;
4) nomusga tegish jinoyatlari bo’yicha ruhiy sog’lom jabrlanuvchini o’ziga nisbatan sodir qilinayotgan harakatlarning xususiyati va mohiyatini tushunish qobiliyatini aniqlash;
5)insonda ma’lum sharoitda psixik holatlarning (parishonotirlik, dovdirash, oriyentirovkani yo’qotish) paydo bo’lish imkoniyati va ularning qay darajada kechishini aniqlash;
6)shaxsning xulq-atvoriga katta ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan individual-psixologik xususiyatlarning diagnostikasi;
7)insonning xulq-atvorini mustahkamlashga yo’naltiruvchi motivlarni belgilash va shaxsiy harakat motivasiyasini aniqlash;
8)o’lgan odamda o’limidan avvalgi davrda o’zini o’zi o’ldirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi ruhiy holat va bu holatni keltirib chiqaruvchi sabablarning borligi yoki yo’qligini aniqlash.
Shuningdek, psixologik ekspertizaning turli soha mutaxassislari ishtirokida kompleks o’tkaziladigan turlari mavjud bo’lib, ularni tayinlash uchun psixologik bilimlar bilan bir qatorda boshqa sohaga oid bilimlardan bir vaqtda tekshiruvlarni amalga oshirish zaruratining yuzaga kelishi asos bo’ladi.
Sud-psixologik ekspertizasini tayinlash surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan qaror chiqarish, sud tomonidan esa ajrim chiqarish orqali amalga oshiriladi.

Download 132.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling