Sudga oid psixologiya ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish


Download 132.41 Kb.
bet1/6
Sana07.11.2023
Hajmi132.41 Kb.
#1753856
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’Q OTAR QUROLI TA’SI


O’Q OTAR QUROLI TA’SIRIDAGI JAROXATLAR :SUD TIBBIY EKSPERTIZIYA VA DIAGNOSTIKASI
Reja:

  1. Ekspertizani tayinlash.

  2. Ekspert savollarini aniq ifoda etishning umumiy talablari.

  3. Ekspertizaning boshqa turlari

Ilmiy psixologik ekspertizasini tayinlashda amaliyotchilar hali ham katta qiyinchiliklarga uchramoqda. Mazkur ijtimoiy psixologik holat tegishli amaliy tavsiyalar ishlab chiqarishning yetishmasligi, sudya va tergovchilar, ekspertizalarining, shu jumladan, sudga oid psixologiya ekspertizasi to’liq emasligi bilan bog’liqdir.
Tergov jarayonida, sudga oid psixologiya ekspertizasini tayinlash zarur bo’lib qolgandagina bu xildagi ekspertiza tayinlanadi. Ekspertiza tayinlashga huquqiy asos bo’lib, O’zbekiston JPK ning 172 moddasi hisoblanadi. Tergovchi o’zining qarorida sodir bo’lgan jinoyat haqida to’liq ma’lumot, ekspertiza tayinlashning sabablarini, ekspert tomonidan qanday savollarning hal qilishi kerakligi, tekshirish uchun qanday obyektlar yuborilganligi va kimga ekspertiza o’tkazish yuklanganligi ko’rsatilgan bo’lishi maqsadga muvofiq.
Ekspertizani tayinlagan prokuror, tergovchi va yuridik shaxslar, psixolog ekspertning huquqiy asosi va vazifalarni tushuntirilishi, yolg’on hulosa bersa (O’zbekiston JPK 238-modda) yoki ekspertiza o’tkazishdan bo’yin tovlasa (O’zbekiston JPK 240-modda) javobgarlikka tortilishi haqida ekspertni ogohlantirish lozim. Umumiy ko’rsatmaviy jarayon shaxslararo munosabat maromiga, shaxs statusiga, hamkorlik iliq muhitiga asoslanishi shart.
Har qanday sud ekspertizasini tayinlashning umumiy asosi uchun muhim ahamiyatiga ega bo’lgan masalalarni hal qilishda maxsus bilimlarga ehtiyoj seziladi. Shuning uchun ham sudga oid psixologiya ekspertiza tayinlashni asoslashning birinchi sharti, bu har bir konkret holda psixiatr va tibiiy psixologik maxsus bilimlarini qo’llanishning prinsipial zaruriyati to’g’risidagi masalani to’g’ri hal qilish ijtimoiy adolat zarurligini taqozo etadi. Uning ikkinchi sharti psixologning maxsus bilimlarni aynan ekspertizaga shaklan qo’llash zaruriyatini belgilashdir. Ba’zi bir hollarda shu kasb vakillari ish bo’yicha mutaxassis sifatida qatnashishlari mumkin.
Lekin shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, maxsus bilimlarning tatbiq qilinishining bunday shakli dalillarni ekspert tomonidan aniqlashning qat’iy mezoni emas.
Sudga oid psixologiya ekspertizani tayinlash to’g’risidagi masalani hal qilishda, aytib o’tilgan belgilardan tashqari, ularning umumiy huquqiy ahamiyati ham e’tiborga olinishi lozim.
Boshqacha qilib aytganda, har tomonlama, to’liq izlanishlarni o’tkazishni talab qiladigan qo’shimcha obyektiv va subyektiv hususiyatli sharoitlarning mavjudligini hisobga olishi zaruriyat hisoblanadi.
Jinoyat ishlari yuzasidan psixologik bilimlardan foydalangan holda muayyan tekshiruvlarni o’tkazish va shu orqali muayyan holatga oydinlik kiritish zarurati tug’ilgan holatlarda sud-psixologik ekspertizasi tayinlanadi.
Jinoyat ishidagi ma’lum bir holat bo’yicha maxsus psixologik bilimlardan foydalanish zaruriyatini aniqlash va ekspertiza tayinlash to’g’risida aniq to’xtamga kelinishi sud-psixologik ekspertizasi tayinlashning birinchi asosiy sharti hisoblanadi.

Download 132.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling