Sudga oid psixologiya ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish
Shuning uchun ham tegishli savollar quyidagicha ifodalanishi lozim
Download 132.41 Kb.
|
O’Q OTAR QUROLI TA’SI
Shuning uchun ham tegishli savollar quyidagicha ifodalanishi lozim:
Ekspertiza qilinayotgan shaxs jinoiy ish uchun ahamiyatli holatlarni (qandaydir aniq belgilarini ko’rsatib berish kerak), uning psixologik bilish jarayoni dolzarb muammolarni hisobga olgan idrok qilishning qandaydir sharoitlarni, shaxsning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini yoki dinamik holatlarni idrok etish mumkinmi? 5.Nomusga tegish jinoyati bo’yicha yosh bolalar va voyaga yetmaganlar, hamda boshqa jabrlanuvchilarda ruhiy buzilish belgilarni topish yoki asab psixik zararlarni his qilish qobiliyatini aniqlash, aybdor harakatining ahamiyati va xarakterining to’g’ri tushunishi va qarshilik ko’rsatishini tushunishdir. Sudga oid psixologiya ekspertizani tayinlash uchun ko’rsatilganlardan tashqari nomusiga tegish bosqichida jabrlanuvchining sust harakati sodir etilgan voqyeaga uning befarqligi, ayblanuvchiga nisbatan psixologik tadqiq bo’lib, qo’llanilgan ariza ahvolining o’zgarishi, yani qarshilik ko’rsatishlari asos bo’lib hisoblanadi. Ekspertiza savolining qulay shakli quyidagicha bo’lishi joiz; jabrlanuvchining o’zi aqliy va jismoniy rivojlanish darajasida, shu bilan birga voqyea sodir etilgan joyidagi ruhiy ahvoli, ayblanuvchining hatti-harakati ahamiyatini tushunish mumkinmi? 6.O’z joniga suiqasd qilgan shaxslarni aniqlash uchun ularning ruhiy holatini turli-tuman metodlar hamda metodikalar yordami bilan tekshirish zarur. Ekspertlarga berilgan savolni quyidagicha ifodalash mumkin: shaxsning o’limidan oldingi ruhiy holati uning o’zini o’ldirishga sabab bo’lishi mumkinmi? Agar voqyelik to’g’ri bo’lsa, ushbu holat nima bilan ifodalanadi hamda uning qanday sabablari mavjud bo’lishi ehtimol? Sud-psixologik ekspertizasini tayinlashda ekspert-psixologlar oldiga hal etish uchun qo’yiladigan savollarning mazmuni ushbu turdagi ekspertizaning qaysi turi o’tkazilishi va uni tayinlashga sabab bo’ladigan holatlar bilan bog’liq bo’ladi. Ekspertlar oldiga qo’yiladigan savollarning to’g’ri tanlanishi ekspert xulosasining aniq va ish uchun ahamiyatli bo’lishiga zamin yaratadi. Ekspertning vakolat doirasiga kirmaydigan savollarni qarorga kiritmaslik lozim. Shuningdek, mazmuniga ko’ra aniq qo’yilmagan savollar ekspertlarni ashyoviy dalillar asosida javob berish imkoniyatini yo’qqa chiqaradi. Sud-psixologik ekspertiza asab-ruhiy kechinmani boshidan o’tkazgan va ruhiy kasallik alomatlariga ega bo’lgan jinoyat prosessi ishtirokchisining individual-psixologik xususiyatlari va bu xususiyatlarning tergovchini qiziqtirayotgan davrdagi uning xulqiga ta’sirini aniqlash maqsadida o’tkazish uchun tayinlangan holatlarda ekspertlar oldiga qo’yidagi savollar qo’yilishi mumkin: 1.Shaxsning asosiy individual-psixologik xususiyatlari nimalardan iborat (mijozi, xarakteri, intellekti, emosional irodaviy jihatlari)? Bu o’rinda shaxsning aynan qaysi xususiyatlari tergovchini qiziqtirsa, savolda ushbu xususiyat aniq ifodalanishi ham mumkin. 2.Tergovda tekshirilayotgan jinoiy hodisa jarayonida shaxsning individual-psixologik xususiyatlari namoyon bo’lishi qanday xususiyatga ega bo’lgan? Ushbu savolni to’g’ri ifodalash uchun tergov qilinayotgan hodisaning aynan qaysi qismi va shaxsning qaysi ruhiy jarayoni nazarda tutilayotgani belgilab o’tilishi kerak. 1.Ekspertizadan o’tkazilayotgan kishi haddan ortiq ishonuvchanmi (yoki shaxsning tergov uchun ahamiyatli bo’lgan qandaydir boshqa xususiyatlariga, masalan, qat’iyatlilik, ta’sirchanlik, emosional beqarorlik va shu kabi xususiyatlarga egami)? 2.Shaxsning ma’lum bir individual-psixologik xususiyatlari uning xulqiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkinmi? 3.Shaxs qayd etilgan jinoyatni sodir qilishiga asos bo’ladigan individual-psixologik o’ziga xos xususiyatlarga egami? Mazkur savol undan avvalgi savollarning mantiqiy davomi bo’lib, agarda shaxsda ma’lum bir individual-psixologik xususiyat mavjud bo’lsa va shu xususiyat tergovchini qiziqtirayotgan holatlarda namoyon bo’lsagina shaxsning xulqiga ta’siri muhokama qilinadi. Ushbu turdagi ekspertiza tekshiruvini o’tkazish jarayonida tergovchining ekspertlar bilan samarali hamkorlik tashkil etishi talab qilinadi. Chunki, shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, ma’lum bir sharoitlarda amalga oshiradigan aniq bir harakatida namoyon bo’ladi. Ekspertlar jinoyat ishi holatlarini atroflicha o’rganib chiqib, tushunib olmasdan turib, o’z bilimlarini keraklicha qo’llash imkoniyatiga ega bo’la olmaydilar. Shularni inobatga olib, tergovchi ish holatlarini ekspertga tushuntirib berishi, zarur bo’lsa jinoyat ishining tegishli hujjatlarini tekshiruv davomida foydalanish uchun taqdim qilishi lozim. Sud-psixologik ekspertizasi shaxsda jinoyat sodir bo’lgan vaqtda kuchli ruhiy hayajonlanish (affekt) hamda inson ongiga va harakatiga katta ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan nopatologik emosional holatlarni paydo bo’lish imkoniyati va ularning qay darajada kechishini aniqlash maqsadida o’tkazilayotgan bo’lsa, ekspertlar oldiga hal etish uchun qo’yiladigan savollar quyidagicha bo’lishi maqsadga muvofiq: 1.Gumon qilinuvchi jinoyat sodir etish vaqtida uning xulqiga katta ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan fiziologik affekt ta’sirida bo’lganmi? 2.Gumon qilinuvchi jinoyat sodir etish vaqtida ongiga va harakatiga katta ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan nopatologik emosional holatlar ta’sirida bo’lganmi? 3.Agar ongiga va harakatiga katta ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan nopatologik emosional holatlar ta’sirida bo’lgan bo’lsa, ular aynan qaysilar? 4.Gumon qilinuvchida jinoyat sodir etish vaqtida affekt yo k i ongiga va harakatiga katta ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan nopatologik emosional holat aynan qaysi harakat yoki holat natijasida yuzaga kelgan? 5.Gumon qilinuvchida jinoyat sodir etish vaqtida affekt yo k i ongiga va harakatiga katta ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan nopatologik emosional holat qancha vaqt davom etgan? Tergovchi his-hayajonli holatni jinoyat subyektining o’z xatti- harakatlari ahamiyatini tushuna bilishi va ularni boshqara olish qobiliyatiga ta’sir ko’rsatgan bo’lishi mumkin, degan faraz paydo bo’lganida, sud psixologik-psixiatrik ekspertizasini tayinlash zarurati tug’iladi. Ushbu turdagi kompleks ekspertizani o’tkazishda ham ekspertlar oldiga yuqorida qayd etilgan savollar qo’yiladi. Ayblanuvchi, guvoh, jabrlanuvchilarning ish holatlari va vaziyatini to’g’ri qabul qilish va ular to’g’risida haqqoniy ko’rsatmalar bera olish qobiliyatini aniqlash uchun sud-psixologik ekspertizasi tayinlanishi mumkin. Sud-psixologik ekspertizasining ushbu turini tayinlash uchun idrok qilishga va ma’lum hodisalarni fikrlashga to’sqinlikni yuzaga keltiruvchi tashqi sharoitlarning mavjudligi asos bo’lib xizmat qiladi. Bularga: idrok qilishning murakkab sharoiti; kuzatilayotgan hodisaning tez o’tib ketishi; axborotlar hajmining nihoyatda ko’pligi va inson ongiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar kiradi. Download 132.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling