Suggested news соседка пенсионерка показала, как омолодить изношенные суставы


Download 23.94 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi23.94 Kb.
#1234594
Bog'liq
9 mavzu ilovalar


SUGGESTED NEWS



Соседка пенсионерка показала, как омолодить изношенные суставы
Сустафлекс


Давление станет 120/80, а сосуды очистятся за 10 дней! Рецепт
ГиперФорте


Масштабный розыгрыш призов на 1 000 000 долларов
RoboForex





Ko'zni yomon ko'rishi? Ko'rishni 7 kun ichida tiklang
D-Vision
11-MA’RUZA: BUXGALTERIYA HISOBOTI

Reja:

1. Buxgalteriya hisoboti haqida tushuncha, uning ahamiyati va mohiyati.

2. Buxgalteriya hisobotining tarkibiy tuzilishi.

3. Hisobot shakllarining tuzilish tamoyillari.

4. Hisobotga ilovalar, tushuntirishlar va ma’lumotlar to’g’risida tushunchalar. Hisobotlarni tuzish, ularni to’ldirish va taqdim etish tartibi.
1. Buxgalteriya hisoboti haqida tushuncha, uning hamiyati va mohiyati. Korxonalarning faoliyatlarini iqtisodiy tahlil qilish va boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun joriy hisob ma’lumotlarini ma’lum bir davrga belgilangan shakllarda umumlashtirib foydalanuvchilarga taqdim etish hisobotlar deyiladi.

Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iborat.


Hisobot shakllarida ma’lumotlar joriy va o‘tgan davr ma’lumotlari tartibida keltiriladi. Bu korxona mablag‘lar va ularning manba’larida bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida tezkor xulosa qilishga imkon beradi. Hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish asosida korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatiga baho beriladi, ichki imkoniyatlar aniqlanadi va ularni ishga solish istiqbol rejalari tuziladi.
Moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. O‘z vaqtida taqdim etishlik - moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida tuzish va tegishli tashkilotlarga kechiktirmasdan taqdim etishni bildiradi.
2. Ishonchlilik - korxona moliya-xo‘jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni aniq, to‘g‘ri, oddiy va ishonchli qilib aks ettirish.
3. Yaxlitlik – huquqiy korxona va uning tarkibiga kiradigan, alohida balansga ega bo‘lgan va ega bo‘lmagan bo‘linmalarda sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik operatsiyalarni hisobotlarda ko‘rsatishni taqoza etadi.
4. Solishtirilishi mumkinlik - hisobot davri ko‘rsatkichlarining reja va o‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash mumkinligi.
5. Betaraflik – moliyaviy hisob ma’lumotlari bir guruh foydalanuvchilar manfaatni boshqa foydalanuchilar manfaati zarari zarari hisobiga qoniqtirmaslikni bildiradi.
6. Izchillik (doimiylik) – korxonada foydalaniladigan hisobot shakllarini va ularning mazmunini har xil hisobot davrlarida bir xil bo‘lishligini bildiradi.
Korxonalar taqdim etadigan hisobotlar iqtisodiy mazmuni va axborot ko‘rsatkichlarni qamrab olishiga ko‘ra buxgalteriya va statistika hisobotlariga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobotida korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining barcha ma’lumotlari absalyut miqdorlarda aks ettiriladi. Masalan, korxonaning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, kassadagi pullari, ishlab chiqarish zahiralari, tovarlari, hisob raqamidagi pullari, ustav fondi, zahira fondi, debetorlik qarzlari, kreditorlik qarzlari, balans foydasi va hokazolar.
Statistika hisobotida absolyut miqdorlar bilan birga nisbiy va o‘rta miqdorlar haqida ma’lumotlar beriladi. Masalan, foizlarning o‘sish darajasi, o‘rtacha daraja u yoki bu ko‘rsatkichlarning o‘sish yoki pasayish dinamikasi va boshqalar.
Buxgalteriya hisobotlari korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va baho berishning asosiy ma’lumot man’bai bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, korxona faoliyatiga mablag‘ qo‘ygan investorlarga, kreditorlarga va davlat moliya, soliq organlariga ma’lumotlar man’bai bo‘lib xizmat qiladi.
Buxgalteriya hisobotlari, xo‘jalik mablag‘larini tarkibini, mablag‘larning tashkil bo‘lish manba’larini, korxona majburiyatlarini, boshqa korxonalar, davlat moliya institutlari va bank muassasalari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarini hamda korxona moliyaviy holatini aks ettiradi.
Statistika hisobotlari hudud, tarmoq bo‘yicha ma’lum bir ko‘rsatkichlarni bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Buxgalteriya hisobi hisobotlari, ahamiyatiga ko‘ra korxona ichidagi va umumdavlat ahamiyatidagi hisobotlariga bo‘linadi.
Korxona ichidagi hisobotlarga shu korxona ichida tuziladigan va foydalaniladigan hisobotlar kiradi. Bunday hisobotlar faqat bitta korxonani ko‘rsatkichlarini qamrab oladi.Shuning uchun ham bunday hisobotlar dastlabki hisobot deb aytiladi. Masalan, kassir hisoboti, moddiy javobgar shaxs hisoboti va ma’lum bir tashkiliy-texnikaviy-ommaviy tadbirlarni amalga oshirish rejalarining bajarilishi haqidagi hisobotlar. Bu hisobotlar korxona rahbari belgilagan muddatlarda tegishli bo‘limlarga taqdim etiladi.
Umumdavlat hisobotlari Moliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi yoki korxonaning yuqori tashkiloti tomonidan belgilangan shakl va tartibda tuziladi. Ularni tuzish tartibi va taqdim etish muddatlari buxgalteriya hisobi va hisobotlari to‘g‘risidagi qonunda belgilab qo‘yilgan. Bunday hisobotlar bir vazirlikka yoki bitta tarmoqqa qarashli bo‘lgan bir nechta korxonalarni ko‘rsatgichlarini umumlashtirib tuziladi. Shuning uchun tarmoqning, vazirlikning, xoldinning, birlashmalarning, aksiyadorlik jamiyatlari, assatsatsiyalarinig va bosh boshqarmalarning yig‘ma hisoboti deyiladi.
Hisobotlar taqdim etish muddatiga ko‘ra yil ichida tuziladigan va yillik hisobotlarga bo‘linadi.
Korxonalar hisobotlarga qo‘shimcha debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma ham taqdim etadilar.
Hisobot shakllari, ularni tuzish va taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Download 23.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling