Sug`orish turlari va noo`suv davridagi sug`orishlar
) Shudgordan oldin sug`orish; 2) Nam to`plash maqsadida sug`orish
Download 13.56 Kb.
|
Qurbonova Lobar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yerni sifatli haydash uchun tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-60 foiz bo`lishi bo`lishi lozim.
- Sho`r yuvish maqsadida sug`orish.
1) Shudgordan oldin sug`orish;2) Nam to`plash maqsadida sug`orish;3) Sho`r yuvish maqsadida sug`orish;4) Ekin ekishdan oldin sug`orish;5) Chigit suvi berish;6) Sovuq urishga qarshi sug`orishShudgordan oldin sug’orishO`zbekistonning tekislik mintaqalardagi sizot suvlari chuqur joylashgan yerlarda ekinlari o`suv davrida sug`orishlar tugallanib, hosil yig`ib olingandan so`ng yog`inning deyarli tushmasligi oqibatida tuproqning ustki qatlamida, ayniqsa, bug`doy, yozda xaydab bo`ziladigan bedapoya va ko`p yillik o`tlardan bo`shagan dalalar tuprog`ida nam miqdori keskin kamayib ketadi. Bu hol yerga asosiy ishlov berishni qiyinlashtiradi: yer belgilangan chuqurlikda haydalmaydi, palaxsa kesaklar ko`rib mayin shudgorlashga erishilmaydi. Paxta va boshqa ekinlar hosildorligi kuzgi shudgorni qay darajada o`tkazilganligiga bog`liq.Yerni sifatli haydash uchun tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-60 foiz bo`lishi bo`lishi lozim.Buning uchun yoz oylarida shudgorlashdan 7-10 kun, kuzgi shudgorlashdan 10-12 kun oldin eski muvaqqat sug`orish tarmoqlari, yo`lak va cheklar orqali sug`orish o`tkaziladi. Sug`orish me‘yorlari haydov qatlamli namiqtirish hisobidan belgilanadi: yengil tuproqlarda 700-800, o`rtacha -900-100 va og`ir tuproqlarda 1000-1200 m3/ga suv beriladi.Paxtazorlarda tuproq yetilishi bilan g`o`zapoya maydalanadi, o`qariqlar tekislanib, yerni haydashga krishiladi. Bedapoyalarda yerning ustki qismi 5-6 sm chuqurlikda ag`dargichi olingan plug bilan asosiy haydashdan 5-7 kun oldin haydaladi. Bunda bedapoyaning ildizi kesilib, unuvchanligi yo`qoladi. Begona o`tlar ko`p tarqalgan yerlarda ang`iz shudgordan oldin kupchilik bilan yerlarda 10-12 sm chuqurlikda yumshatiladi. Kuzgi ekinlarni ekishdan 15-20 kun oldin haydash samarali ekanligi bois ang`izni sug`orish muddati muvofiqlashtirilishi lozim.Sho`r yuvish maqsadida sug`orish.O`zbekistondagi sug`oriladigan maydonlarning deyarli har xil darajada sho`rlangandir. Tuproq tarkibidagi ortiqcha tuzlar o`simliklarga zararli ta‘sir ko`rsatadi, o`simlik yaxshi o`sib rivojlanmaydi va hosildorlik keskin kamayib ketadi. Sho`rhok yerlarda o`simlik deyarli o`sib rivojlanmaydi. Tuproq tarkibidagi tuzni yo`qotishning asosiy vosita tadbiri – bu sho`r yuvishdir. Sho`r yuvish samaradorligi uni o`tkazish muddati, sho`r yuvish me‘yorlarini to`g`ri tanlash, tuproqni sho`r yuvishga qanday tayyorlanganligi, sho`r yuvish usullari kabilarga bog`liq.Download 13.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling