Sug’orishda yer osti suvlaridan ratsional va ekologik xavfsiz
foydalanishning ilmiy asoslari (kungaboqar misolida)
Sh.R.Axmedov
I.N.Tursunov
ikromtursunov2020@gmail.com
M.M.Rajabova
Sh.H.Hakimov
Z.O’.Amanova
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
Annotatsiya: Yer osti suvlari haroratining pastligi o‘simliklar(kungaboqar
misolida)ning vegetatsiya davrining cho‘zilib ketishiga olib keladi. Misol uchun,
o’simliklarning o‘sib rivojlanishi 7-15 kunga kechikadi.
Bularning barchasi
pirovardida qishloq xo‘jaligi ekinining hosildorligi va sifatiga, uning mevalari pishib
yetish muddatiga ta’sir qiladi. Natijada, aeratsiya zonasining past haroratli suv-havo
tuproq muhiti, tabiiyki, ozuqa moddalari va o‘g‘itlarning o‘z
vaqtida erishini
ta’minlamaydi. Shuningdek, ularning o‘simlik ildiz tizimlari tomonidan o‘z
vaqtida
to‘liq o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday sharoitda ozuqa moddalarining bir
qismi, sovuq suvning tushayotgan oqimlari ta’siri ostida cho‘kib
ketadi va yer osti
suvlari bilan aralashadi. Boshqa tomondan, vegetatsiya davrida 16–18°C
gacha
bo‘lgan sovuq suv-havo tuproq muhiti o’simliklar uchun zararli bo‘lib, o‘sish va
rivojlanish tezligini sezilarli darajada pasaytiradi va uni turli xil kasalliklarga duchor
qiladi. Bularning barchasi o’z navbatida qishloq xo‘jaligi ekinining hosildorligi va
sifatiga, uning mevalari pishib yetish muddatiga salbiy ta’sir qiladi.
Kalit so’zlar: aeratsiya zonasi, sug‘rorish manbalari; yer osti suvi; harorat; suv
sarfi rejimi, transpiratsiya koeffisiyenti.
Scientific basis of rational and ecologically safe use of
groundwater in irrigation (in the case of sunflower)
Sh.R.Akhmedov
I.N.Tursunov
ikromtursunov2020@gmail.com
M.M.Rajabova
Sh.H.Hakimov
Z.O.Amanova
Bukhara Institute of Natural Resources Management
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
88