Sug’orishda yer osti suvlaridan ratsional va ekologik xavfsiz foydalanishning ilmiy asoslari


Download 232.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.05.2023
Hajmi232.83 Kb.
#1439837
1   2   3
Bog'liq
sug-orishda-yer-osti-suvlaridan-ratsional-va-ekologik-xavfsiz-foydalanishning-ilmiy-asoslari-kungaboqar-misolida

Abstract: The low temperature of underground water leads to the extension of 
the vegetation period of plants (for example, sunflower). For example, the growth and 
development of plants is delayed for 7-15 days. All this ultimately affects the yield 
and quality of the agricultural crop, the period of ripening of its fruits. As a result, the 
low-temperature water-air soil environment of the aeration zone naturally does not 
ensure the timely dissolution of nutrients and fertilizers. Also, it does not allow them 
to be fully assimilated by plant root systems in time. Under such conditions, part of 
the nutrients sinks under the influence of the falling currents of cold water and mixes 
with the groundwater. On the other hand, a cold water-air-soil environment of 14-
18°C is harmful for plants, significantly reducing the rate of growth and development 
and exposing it to various diseases. All this, in turn, has a negative impact on the 
productivity and quality of agricultural crops, and the period of ripening of its fruits. 
Keywords: aeration zone, irrigation sources; underground water; temperature; 
mode of water consumption, transpiration coefficient. 
Kirish. Yer osti suvlari insoniyat uchun muhim suv manbai hisoblanadi. Yer osti 
suvlari butun dunyo aholisining 50 foizini ichimlik suvi bilan to'liq yoki qisman 
ta'minlaydi va sug'orish uchun ishlatiladigan barcha suvning 43 foizini tashkil qiladi. 
Dunyo bo'ylab 2,5 milliard odam o'zining kundalik suvga bo'lgan asosiy ehtiyojlarini 
qondirish uchun faqat yer osti suv manbalariga bog'liq.
2022-yilda 8 milliardga yaqin yer aholisi 2100-yilga borib 11 milliardga yetishi 
kutilmoqda. Bunday vaziyatda zamonaviy ilm-fan tuproq, suv va iqlimni buzmasdan 
yetarli miqdorda oziq-ovqat ishlab chiqarishni kengroq tadqiq qilishi kerak bo‘ladi. 
Bu insoniyat duch kelgan eng katta qiyinchilik deb ataladi. Bu yechimning markazida 
yer osti suvlaridan barqaror va xavfsiz foydalanish yotadi.
Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va o'lchovlar shuni ko'rsatadiki, dunyodagi ko'plab 
asosiy suvli qatlamlar (yer osti suv havzalari) qurib ketmoqda. Bunday kamayish 
oqim oqimining pasayishiga, buloqlar yoki botqoq yerlarning qurishiga, 
o'simliklarning yo'qolishiga, quduqlardagi suv sathining pasayishiga va yerning 
cho'kishiga olib kelishi mumkin. Yer osti suvlari uchun yana bir xavf-bu inson 
faoliyati natijasida yuzaga keladigan ifloslanish, kimyoviy moddalar va yer osti 
qatlamlariga sizib chiqqan chiqindilar. Ifloslanish yer osti suvlarining sifatini 
yomonlashtiradi va inson salomatligi va ekologik salomatligiga tahdid soladi. Yer 
osti suvlarini ilmiy tushunish va to'g'ri boshqarish juda muhim, chunki undan 
mas'uliyatli foydalanish yer osti suvlari muammoni engillashtirishi mumkin 
Mavzuning dolzarbligi va hozirgi xolati: Dunyo miqyosida suv resurslariga 
bo’lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ekologik 
xavfsiz yetishtirishda yer osti suvlaridan ratsional foydalanish eng istiqboli 
yo’nalishlaridan biri. Suv tanqisligi sharoitida sug’oriladigan yerlardan resurs 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
89


tejamkor texnologiyalar qo’llash orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga katta 
e’tibor qaratilmoqda. 
Bugungi kunda yer osti resurslaridan va ekologik xavfsiz foydalanish, yangi yer 
osti suv manbalarini topishda gidrogeologik tadqiqotlar olib boorish, yer osti 
suvlarining fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarini o’simliklar rivojlanishiga ta’sirini 
o’rganish bo’yicha ham keng qamrovli izlanishlar olib borilmoqda. 
Bu borada qurg’oqchil va yarim qurg’oqchil mamlakatlarda sug’orish uchun yer 
osti suvlaridan foydalanishadi. Jumladan AQShda umumiy sug’orish maydonining 
46%, XXRda 33%, Eronda 59%, Liviyada esa butunlay ya’ni 100% ushbu manbadan 
sug’orishsa, bu ko’rsatkich respublikamizda atigi 7% tashkil etmoqda. Shu jihatdan 
mamlakatimizda tobora ortib borayotgan suv tanqisligi sharoitida yer osti suvlaridan 
samarali va oqilona, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan holda foydalanish
yer osti suv resurslarini muhofaza qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi: Tuproqning past yoki yuqori harorati, shuningdek, 
sug'orish 
suvi 
o'simlik 
ildizlarining 
o'sishi 
va 
so'rilish 
faoliyatiga, 
mikroorganizmlarning hayotiy faoliyatiga salbiy ta'sir qiladi, bu o'simliklarning 
ozuqa moddalari, asosan azot bilan ta'minlanishini yomonlashtiradi. Yozda o’simlik 
ildizlarning, ayniqsa yosh o'simliklarda tez va keskin sovishi harorat “zarbasi” deb 
ataladigan hodisa ro'y beradigan holatlar mavjud. Bu barglarning so'lishi va hatto 
tushishida o'zini namoyon qiladi. Bu kun davomida sovuq (artezian, quduq, tog') suv 
bilan sug'orilganda, tuproq va o'simliklar quyosh tomonidan juda qizdirilganda sodir 
bo'lishi mumkin. Haroratning "zarbasi" bilan ildizlarga suv oqimi vaqtincha 
kamayadi, bu yuqori transpiratsiya bilan o'simlikka yomon ta'sir qiladi. Ildizlarning 
ozuqa moddalarini ishlatishi va ularning sintezi yomonlashadi. Ko'pgina 
o'simliklarining ildizlari hayotida o'sishi uchun optimal tuproq harorati taxminan 15-
25°C orasida, shuning uchun sug'orish suvining harorati bu qiymatlarga yaqin bo'lishi 
kerak. Sug'orishda suvni to'g'ridan-to'g'ri chuqur artezian quduqlaridan ishlatmaslik 
kerak, chunki artezian qudug’i tubidagi suvining harorati 8-10oC ga teng bunday suv 
avval maxsus hovuzda yoki idishda isitilishi kerak; odatda 50 m3 gacha bo'lgan 
idishlar ishlatiladi. Ko'pgina hollarda, idishlar 10 m balandlikda metall yoki g'isht 
tayanchlariga o'rnatiladi yoki massivning eng baland joyiga o'rnatiladi. Bunday 
holda, undan suv tortish kuchi bilan asosiy quvur liniyasi orqali, so'ngra har bir 
alohida uchastkaning tarmoqlari orqali etkazib berilishi mumkin. Issiq kunlarda 
tanklardagi suv 23-25°C. ga qadar qiziydi Sug'orish suvining sifati, suvda eriydigan 
tuzlarning tarkibiga bog'liq. Daryo suvi odatda oz miqdordagi suvda eriydigan 
tuzlarni o'z ichiga oladi, ammo ko'p miqdordagi to'xtatilgan zarrachalarga ega bo'lish 
odatiy hol emas. Yer osti suvlari ko'pincha yuqori minerallashgan. Ushbu 
ko'rsatkichlar bo'yicha suv omborlaridan suv odatda o'rta darajani egallaydi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
90


Tajriba qismi (tadqiqotni amalga oshirish). Olib borilgan dala tajribalar shuni 
ko’rsatdiki, bir yillik o’simliklarning vegitatsiya jarayoniga atmosfera, tuproq va yer 
osti suvlari harorati uzviy ravishda bog’liqdir. Bu esa ular orasidagi tafavot keskin 
ko’payib yoki bo’lmasa kamayib ketmasligini ko’rsatadi. Aks holda o’simliklarning 
vegetativ jarayoniga ayniqsa, ularning unib chiqish, rivojlanish va hosil berish 
davrlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi ta’kidlangan. 
Eksperiment uchun bir yillik o’simlik sifatida kungaboqar ekinining ikki xil navi 
ya’ni “Toshkent” va “Samarqand” tanlab olindi.
Kungaboqar-Asteraceae oilasiga. Heliantus annus avlodi va turiga mansub. 
Madaniy turi ekma va manzarali kechki turlarga bo’linadi. Kungaboqarning vatani 
Shimoliy Amerikaning janubiy tumanlarida eramizdan 3000 yil oldin Arizona, Nyu 
Meksika shtatlarida ekilgan. Ba’zi olimlar kungaboqar bug’doydan ham oldin 
madaniylashtirilgan deyiladi.
Optimal harorat 18-25oC bo’ladi. Bundan yuqori haroratda unib chiqish 
jarayonini tezlashadi. Maysasi -6oC sovuqqa bardoshli. Yuqori haroratning salbiy 
ta’siri to’la maysalanishdan gullash davrining oxirigacha kuzatiladi. 
Suvga bo’lgan talabi. Kungaboqar 1 gektar maydonda 2000-5000 m3 va undan 
ortiq suv sarflaydi. Transpiratsiya koeffisienti 400-700 gacha o’zgaradi. Bitta 
o’simlik o’suv davrida 200 kg dan ortiq suvni talab qiladi. Poya va barg ustidagi qalin 
tuklari bug’lanishdan saqlaydi. Suvni ko’p talab qiladigan davri-gullash davri, bu 
davrda talab qilinadigan suvning umumiy me’yordan 60 foizini o’zlashtiradi.
Tuproqqa bo’lgan talabi. Kungaboqar har xil tuproqlarda yetishtiriladi. 
O’zbekistonning sho’rlangan tuproqlarida sho’rlanish darajasiga qarab kungaboqar 
joylashtirilishi mumkin.
Ozuqaga bo’lgan talabi. Kungaboqar talab qilinadigan ozuqa moddalarining 25 
foizini gullashdan keyin o’zlashtiradi. Gullash davrida ozuqa moddalarning aksariyat 
qismini o’zlashtiradi. Fosforning asosiy qismini maysalanishdan savat hosil qilish 
vaqtigacha o’zlashtiradi; azotni - savat hosil qilshdan gullash davri oxrigacha, kaliyni 
esa - savat hosil qilishdan hosil pishish davrigacha o’zlashtiradi. 
O’suv davrida kungaboqardagi quyidagi rivojlanish bosqichlari aniqlangan: 
Unib chiqish 10-15 kun davom etadi, murtak, ildiz rivojlanadi, urug’-pallasi yer 
betiga chiqadi. 
Shonalash-gullash 25-30 kun davom etadi, o’simlik tez o’sadi gullash 
boshlanadi. Sariq rangli tilsimon gullari rivojlanadi.
Savatning shaklanishi 30-40 kun bu bosqichda barcha chambaraglari rivojlanadi. 
O’simlikda o’rtacha 13 ta barg rivojlanganda savat hosil bo’ladi. 
Gullash-pishish 35-40 kun davom etadi ikki jinsli naychasimon gullar hosil 
bo’ladi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
91


Kungaboqar biologiyasi bo’yicha chetdan changlanadigan o’simlik, ammo 
tabiatda o’zidan o’zi janglanishi ham mumkin. Chetdan changlanishi aksariat 
xasharotlash yordamida ayrim hollarda shamol yordamida ro’y beradi. Buta o’simlik 
o’rtacha 8-10 kun gullaydi, bitta gul 24-36 soat gullab changlanadi.
Kungaboqar ishlov beriladigan dalada kuzgi va bahorgi bug’doy don ekinlari 
arpa, bug’doydan keyin ekish mumkin. Kungaboqarni qand lavlagi, beda va sudan 
o’tidan keyin ekilmaydi, chunki bu ekinlar tuproqni quritib yuboradi. Raps, ko’k 
no’xat, soya va loviyadan keyin ham ekilmaydi, chunki bu o’simliklarning kasaliklari 
bir xil.
Yerga ishlov berishda qo’yiladigan asosiy talab ko’p yillik begona o’tlardan 
tozalash, tekislash, namni saqlash, ko’p yillik begona o’tlar bilan zararlangan yerga 
ko’p bosqichli ishlov beriladi: avval disklanadi keyin chizellanadi, og’ir barrona 
yurgaziladi, o’t o’sib chiqanda yer haydaladi. Ekishdan oldin tuproq yuzasi 
tekislanadi, kultivatsiya 8-10 sm chuqurlida qilinadi va barrona yurgaziladi.
O’gitlash ishlari yer haydashdan oldin organik va fosforli-kaliyli o’g’itlar 
solinadi. Oganik o’g’it sifatida 15-20 t/ga mahaliy o’g’it, 40-60 kg PK, ekish bilan 
birga 10-15 kg NPK unib chiqandan keyin 30-50 kg azot, 40-50 kg fosfor 
qo’llaniladi.
Ekish mudati. Asosiy ekin sifatida aprel, mayda takroriy ekin sifatida 20-
iyundan 10-iyulgacha ekiladi. Kungaboqar keng qatorlab, qator oralari 60, 70, 90 sm 
qilib ekiladi. 1 gektar yerda nam yerlarda 40-50 ming, qismay sug’oriladigan yerlarda 
30-40 ming lalmi yerlarda 20-30 ming o’simlik bo’lishi maqsadga muvofiqdir. 
Olingan natijalar taxlili va xulosa: Kungaboqarni takroriy ekin sifatida tajriba 
dalasiga 2022 yilning 7 iyul kuni Vobkent tumani “Toshev Sherzod” fermer 
xo’jaligining g’alla maydonidan boshagan yerga barcha kerakli agrotexnik tadbirlar 
ya’ni yerni lazer qurilamasida tekislandi, og’ir barrana yurgazildi va chisel 
tortilgandan keyin New Holland markali trakror mexanizmiga o’rnatilgan urug’ ekish 
moslamasi yordamida 0.6x0.8x0.4 sxemasi* asosida ekildi. 
Ekish jarayonida quyidagi ko’rsatkichlar qayd qayd qilindi. 
- atmosfera harorati 36 oC daraja; 
- tuproq harorati 32 oC daraja. 
Ekin maydonini suv bilan ta’minlovchi asosiy manba sifatida yer osti suvlari va 
xo’jalik ichki tarmoq mavjud. Ularda qayt etilgan harorat esa quyidagicha: 
- xo’jalik ichki tarmoqdagi suvning harorati 26oC daraja; 
- №9 yer osti suvi uchun qazilgan qudug’ida suvning harorati 16oC daraja.
Ekin ekilgan dalagacha bo’lgan 500 metr masofada xo’jalik ichki tarmoqdagi 
suvning harorati 38oC darajaga, yer osti suvining harorati 18oC darajaga yetgani 
*
0.6 egatlar orasidagi masofa-metrda, 0.8 o’simlik urug’i ekinlari orasidagi masofa-santimetrda va o’simlik urug’i 
ekilgan chuqurlik-santimetrda. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
92


aniqlandi. Shuningdek, ushbu hududda yuqoridagi har ikkala suv manbasidan ham 
sug’orish maqsadi birgalikda aralashtirilgan holda ham foydalanilayotgani aniqlandi. 
Shunda u yerdagi suvning harorati 22oC darajani va ekin ekilgan dalaga yetib 
borguncha uning harorati 24oC darajaga o’zgargani qayd qilindi[1-20]. 

Download 232.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling