Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning nazariy va xuquqiy asoslari
Sug‘urtalovchilar faoliyatini litzensiyalashga qo‘yiladigan talablar
Download 1.14 Mb.
|
Toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti-fayllar.org
2.2 Sug‘urtalovchilar faoliyatini litzensiyalashga qo‘yiladigan talablar
Ma’lumki sug‘urta kompaniyalari tomonidan ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlarini yanada kengaytirish maqsadida oxirgi yillarda sug‘urtalovchilarning ustav kapitaliga qo‘yilgan talab yildan-yilgan oshirib borilmoqda. CHunki yildan-yilga iqtisodiyot tarmoqlari kengayib ularni sug‘urtalash hamda javobgarlik ma’suliyatini olish zaruratini keltirib chiqarmoqda. SHuningdek “Tijorat tashkilotlari hisoblangan va tegishli turdagi sug’urtani amalga oshirishga litsenziyasi bo’lgan yuridik shaxslar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, sug’urtalovchilar sifatida sug’urta shartnomalarini tuzishi mumkin” 1 . SHu bois sug’urtalovchi, ya’ni sug’urta tashkiloti maqomiga ega bo’lish uchun, albatta, faoliyat tijorat asosida tashkil etilishi lozim. Ya’ni, sug’urtalovchining asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan. Sug’urtalovchi yuridik shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Hozirgi kunda sug’urtalovchilar yuridik shaxs sifatida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tishlari shart. Bu haqda “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunning 11-moddasida shunday deyilgan: “Sug’urtalovchilarni davlat ro’yxatidan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi” 2 . Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, sug’urtalovchi Adliya vazirligida sug’urtalovchi sifatida emas, balki yuridik shaxs sifatida davlat ro’yxatidan o’tadi. Ammo, bu sug’urtalovchi sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqini oldi degan ma’noni anglatmaydi. Sug’urtalovchi sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun qonunda o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olishi kerak. 1 O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. – T.: Adolat, 1996. – 413 b. 2
may. 37
litsenziya berish va ularning faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi. Shunisi diqqatga sazovorki, 2002 yilning 28 mayida amaliyotga joriy etilgan “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunning 6-moddasida sug’urtalovchi, ya’ni sug’urta tashkilotiga quyidagicha tushuncha berilgan: “Sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovoni (sug’urta puli) to’lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug’urtalovchi deb hisoblanadi. Sug’urtalovchi sug’urta hodisalari yuzaga kelishini bartaraf etish va oldini olishga oid chora-tadbirlarni maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda va shartlarda moliyalashtirishga haqli. Sug’urtalovchilar sug’urtani amalga oshirish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin emas. Quyidagilar bundan mustasnodir: Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling