Sug’urta o’zi nima


“Aholini baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish” turi haqida fikr yuritamiz


Download 1.37 Mb.
bet4/5
Sana09.05.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1449123
1   2   3   4   5
Bog'liq
MOLIYA . SUGURTA

“Aholini baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish” turi haqida fikr yuritamiz...

Ushbu sug‘urta turida sug‘urta obyekti bo‘lib sug‘urtalangan shaxsning xayoti va sog‘ligi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari hisoblanadi va sug‘urta polisiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sug‘urtalanadi.


Masalan: “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ’da “Aholini baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish” turi bo‘yicha 2 000 000 so‘mga o‘zingizni yoki yaqinlaringizni sug‘urta qildirsangiz 12 000 so‘m sug‘urta mukofoti to‘laysiz. Eslatib o‘tamiz: sug‘urta polisi bir yil muddatga beriladi va kompaniya Siz to‘lagan 12 000 so‘mga 2 000 000 so‘m javobgarlik olib boradi.

Sug‘urta qildirganingizdan so‘ng sug‘urta agentidan “Sug‘urta polisini” olishni unutmang. Sug‘urta mukofotini to‘laganingizdan so‘ng sug‘urta agenti (sug‘urta kompaniyasi vakili) tomonidan “Sug‘urta polisi” taqdim etilishi shart.


Agar, 3 000 000 so‘mga sug‘urta qildirsangiz 18 000 so‘m sug‘urta mukofoti to‘lanadi...., 5 000 000 so‘mga 30 000 so‘m sug‘urta mukofoti to‘lanadi....

Sug‘urta qildirganingizdan so‘ng sug‘urta agentidan “Sug‘urta polisini” olishni unutmang. Sug‘urta mukofotini to‘laganingizdan so‘ng sug‘urta agenti (sug‘urta kompaniyasi vakili) tomonidan “Sug‘urta polisi” taqdim etilishi shart.


Quyidagi yuqumli kasalliklar sug‘urta hodisalari deb tan olinadi va sug‘urta hodisalari bo‘yicha quyida ko‘rsatilgan jadval asosidasug‘urta puliga nisbatan foiz miqdorida sug‘urta qoplamalari amalga oshiriladi:

Masalan: “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ da “Aholini baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish” bo‘yicha 12 000 so‘m sug‘urta mukofoti to‘lab 2 000 000 so‘mga o‘zingizni sug‘urta qildirgansiz. Polis bir yil muddatga beriladi. Ushbu sug‘urta polisi amalda bo‘lgan vaqt mobaynida A turidagi virusli gepatit kasalligiga chalingan bo‘lsangiz – kompaniyaga murojaat etib kerakli hujjatlarni taqdim etganingizdan so‘ng, kompaniya yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatga ko‘ra Sizga 600 000 so‘m to‘lab beradi, ya’ni 2 000 000 so‘mning 30%ni. Agar o‘tkir poliomiyelit kasalligiga chalingan bo‘lsangiz kompaniya2 000 000 so‘m to‘lab beradi, ya’ni sug‘urta pulining 100 %ni.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling