Sug’urta o’zi nima


“Aholini baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish”


Download 1.37 Mb.
bet5/5
Sana09.05.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1449123
1   2   3   4   5
Bog'liq
MOLIYA . SUGURTA

Masalan: “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ da “Aholini baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish” bo‘yicha 12 000 so‘m sug‘urta mukofoti to‘lab 2 000 000 so‘mga o‘zingizni sug‘urta qildirgansiz. Polis bir yil muddatga beriladi. Ushbu sug‘urta polisi amalda bo‘lgan vaqt mobaynida A turidagi virusli gepatit kasalligiga chalingan bo‘lsangiz – kompaniyaga murojaat etib kerakli hujjatlarni taqdim etganingizdan so‘ng, kompaniya yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatga ko‘ra Sizga 600 000 so‘m to‘lab beradi, ya’ni 2 000 000 so‘mning 30%ni. Agar o‘tkir poliomiyelit kasalligiga chalingan bo‘lsangiz kompaniya2 000 000 so‘m to‘lab beradi, ya’ni sug‘urta pulining 100 %ni.


“Sug‘urta xodisasi” sodir bo‘lgan xolatda, sug‘urta polisida ko‘rsatilgan telefon raqamlarga murojaat qilib, ko‘rsatilgan manzildagi sug‘urta kompaniyasi bo‘limiga yoki sug‘urta markaziga:
a) Yozma ariza;
b) sug‘urta polisining nusxasi;
v) tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan tibbiy ma’lumotnoma va/yoki kasallik tarixidan ko‘chirma;
g) rentgen fotosuratlari (suyak jarohatlarida);
d) sug‘urta pulini oluvchi shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng ish sug‘urta kompaniyasi tomonidan 15 kungacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi va 5 bank kuni mobaynida sug‘urta qoplamasi mijozning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
O‘zingizni va yaqinlaringizni “Aholini baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish” turi bo‘yicha sug‘urta qildiring. Noxush xolatga tushib qolganingizda sug‘urta kompaniyalari Sizga yordam beradi!!!
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling