«sug‘urta va pensiya ishi» kafedrasi "sug‘urta nazariyasi" fanidan mavzu: majburiy davlat sug’urtasini amalga oshirish mexanizmi. Kurs ishi bajardi: 1


Download 394.36 Kb.
bet1/10
Sana15.06.2023
Hajmi394.36 Kb.
#1476764
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Majburiy Sug\'urta. Kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



«SUG‘URTA VA PENSIYA ISHI» KAFEDRASI
"SUG‘URTA NAZARIYASI" FANIDAN
MAVZU: MAJBURIY DAVLAT SUG’URTASINI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI.
KURS ISHI


Bajardi: 1-kurs SS-72/22 guruh talabasi Shokirova Gulnozaxon


Ilmiy rahbar:F.Hasanov

Toshkent 2023
MUNDARIJA



  1. Kirish……………………………………………………………………3

  1. Majburiy davlat sug’urtasining ahamiyati………………………..6

  2. O’zbekistonda davlat majburiy sug’urtasini takomillashtirish bo’yicha takliflar………………………………………..…….…20

  3. Majburiy davlat sug’urtasini amalga oshirish tartibi…………....30

  1. Xulosa………………………………………………………………….36

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………….43

Kirish
Majburiy sugʻurta - davlat su-gʻurtasi shakllaridan biri, qonun asosida belgilangan shartlarga binoan, davlat sugurta tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi korxonalari boʻyicha tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar qaytarilishi uchun qishloq xoʻjaligi korxonalarining javobgarligi; qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish ishlarini oʻtkazish uchun avans tarikasida beriladigan va fyuchers kontraktlari boʻyicha mablagʻlar qaytarilishi; qishloq va shaharda garovga qoʻyilgan mol-mulk; qishloqdagi transport egalarining fuqarolik javobgarligi va boshqa majburiy tartibda sugʻurtalanadi. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar va majburiy harbiy xizmat tarkibidagilar, shuningdek, ichki ishlar va xavfeizlik organlari xodimlari xizmatni oʻtash, harbiy yigʻinlar davrida jarohatlanish, kasallanish, oʻlim hollaridan, ogʻir sanoat tarmoqlari va transport tarmoqlari xizmatchilari ham majburiy sugʻurtalanadi. Majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tashkilotlari qonunda koʻrsatilgan sugʻurta holatlari yuz berganda yetgan zarar miqsorini su-gʻurta qildirgan shaxsga yoki sugʻurta qilingan mol-mulkning egasiga toʻlaydi. Oʻzbekiston Respublikasida Majburiy sugʻurtani amalga oshiruvchi eng yirik kompaniyalar "Oʻzagrosugʻurta" davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi, "Oʻzbekin-vest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi. Majburiy sugʻurta munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining "[[Sugʻurta toʻgʻrisida1" (1993-yil 6-may), "[[Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida" (2002-yil 5-aprel) qonunlari bilan tartibga solinadi.


«Majburiy sug‘urta turlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi
Qonunning asosiy maqsadi majburiy sug‘urta turlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, ularning umumiy tamoyillarini belgilashdan iborat.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Majburiy sug‘urta turlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Qonunda ko‘rsatilgan shaxslarga sug‘urta qildiruvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkini yoxud o‘zining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini o‘z hisobidan sug‘urta qilish majburiyati qonun bilan yuklanishi majburiy sug‘urta deb ataladi.
Majburiy sug‘urtada sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchi bilan sug‘urtaning ushbu turini tartibga soladigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda shartnoma tuzishi shart.
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta'minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘liq va mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urtalangan shaxsning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan yoki uning boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi bo‘yicha yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha majburiyati yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta obektidir.
Hayot va sog‘likka zarar yetkazish xavfining majburiy sug‘urtasi, mol-mulkka zarar yetkazish xavfining majburiy sug‘urtasi va fuqarolik javobgarlikni majburiy sug‘urtasi majburiy sug‘urta qilishning turlari hisoblanadi.
Qonunda mazkur majburiy sug‘urta turlari bir butun kompleks yoki alohida tur sifatida belgilab berilishi mumkin.
Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda ko‘rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Majburiy sug‘urtaning umumiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • umumiylik;

  • majburiylik;

jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar o‘rni qoplanishining qonun bilan kafolatlanishi.




  1. Download 394.36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling