«sug‘urta va pensiya ishi» kafedrasi "sug‘urta nazariyasi" fanidan mavzu: majburiy davlat sug’urtasini amalga oshirish mexanizmi. Kurs ishi bajardi: 1


Download 394.36 Kb.
bet3/10
Sana15.06.2023
Hajmi394.36 Kb.
#1476764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Majburiy Sug\'urta. Kurs ishi

Majburiy davlat sug’urtasi
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta'minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘liq va mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Majburiy sug’urta ob’ekti 4
Sug‘urtalangan shaxsning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan yoki uning boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi bo‘yicha yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha majburiyati yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta ob’ektidir.
Majburiy sug’urta turlari
Hayot va sog‘likka zarar yetkazish xavfining majburiy sug‘urtasi, mol-mulkka zarar yetkazish xavfining majburiy sug‘urtasi va fuqarolik javobgarlikni majburiy sug‘urtasi majburiy sug‘urta qilishning turlari hisoblanadi.
Qonunda mazkur majburiy sug‘urta turlari bir butun kompleks yoki alohida tur sifatida belgilab berilishi mumkin. Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda ko‘rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Majburiy sug‘urtaning umumiy tamoyillari

  • umumiylik;

  • majburiylik;

  • jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga

yetkazilgan zarar o‘rni qoplanishining qonun bilan kafolatlanishi.

  • Sug‘urtalovchi, cug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs, naf oluvchi va jabrlanuvchi majburiy sug‘urta turlarining sub'ektlaridir.

Majburiy sug’urta turlari sub’ektlarining huquqlari va majburiyatlari

  • qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalari tuzish;

  • sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish;

  • sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;


Download 394.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling