«sug‘urta va pensiya ishi» kafedrasi "sug‘urta nazariyasi" fanidan mavzu: majburiy davlat sug’urtasini amalga oshirish mexanizmi. Kurs ishi bajardi: 1
Majburiy davlat sug’urtasining ahamiyati
Download 394.36 Kb.
|
Majburiy Sug\'urta. Kurs ishi
Majburiy davlat sug’urtasining ahamiyati.
Sug‘urtalovchi, sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs, naf oluvchi va jabrlanuvchi majburiy sug‘urta turlarining sub'yektlaridir. Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalari tuzish; sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish; sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli)2 miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish; sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish. Sug‘urtalovchi: sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta'minlashi; qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga binoan taqdim etishi; sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashi; nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan yeri o‘zgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sug‘urta qildiruvchilarga qonunda belgilangan tartibda yetkazishi; sug‘urtalovchining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Sug‘urta qildiruvchi quyidagi huquqlarga ega: majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urtalovchini tanlash; sug‘urtalovchidan majburiy sug‘urta shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish; sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; majburiy sug‘urta shartnomasi muddatidan avval tugatilganda, sug‘urta mukofotini majburiy sug‘urta shartnomasi shartlariga muvofiq olish. Sug‘urta qildiruvchi quyidagi majburiyatlarga ega: Qonunda ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkini yoxud o‘zining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini o‘z hisobidan qonunga muvofiq sug‘urtalashi; majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha va qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urta mukofotini to‘lashi; sug‘urta shartnomasiga oid holatlar to‘g‘risida sug‘urtalovchiga yozma shaklda xabar berishi; sug‘urta qildiruvchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Naf oluvchi quyidagi huquqlarga ega: sug‘urta tovonini olish haqidagi talab bilan sug‘urtalovchiga murojaat etish; qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalovchidan sug‘urta tovonini olish; sug‘urtalovchidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlari to‘g‘risida bepul axborot olish; agar naf oluvchi o‘zining foydasiga tuzilgan shartnoma bo‘yicha sug‘urta tovoniga bo‘lgan huquqdan foydalanish niyatida bo‘lsa, ayni shunday majburiyat naf oluvchi zimmasida bo‘ladi. «Majburiy sug‘urta turlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga e’lon qilindi3. Qonun loyihasi bilan, majburiy sug‘urta turlariga quyidagilar kiritilmoqda: ish beruvchining fuqarolik javobgarliginining majburiy sug‘urtasi; transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarliginining majburiy sug‘urtasi; tashuvchining fuqarolik javobgarliginining majburiy sug‘urtasi; xavfli ishlab chiqarish ob’yektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarliginining majburiy sug‘urtasi; ob’yektlarni davlat mablag‘lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urtasi. Qayd etilishicha, Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining internet-resursidagi Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi elektron ariza shakliga quyidagi ma’lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi: jismoniy shaxslar - jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; yuridik shaxslar – soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa); mobil telefon raqami. Qonun 3 bo‘lim, 8 bob va 145 moddadan tarkib topgan. Qonunda ko‘rsatilgan shaxslarga sug‘urta qildiruvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkini yoxud o‘zining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini o‘z hisobidan sug‘urta qilish majburiyati qonun bilan yuklanishi majburiy sug‘urta deb ataladi. Majburiy sug‘urtada sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchi bilan sug‘urtaning ushbu turini tartibga soladigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda shartnoma tuzishi shart. Download 394.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling