Sug’urta xizmatlari joriy qilinib
Download 14.68 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ijtimoiy sug’urta to‘g’risida”gi
Tarixga nazar tashlasak, sug’urta sohasini rivojlantirishga bu qadar e’tibor qaratilmagan edi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida O‘zbekistonda Eksport-kredit agentligi tashkil etilishi, eksport va eksportoldi jarayonlarni moliyalashtirish bilan shug’ullanishi, shuningdek, eksport qilishda zamonaviy sug’urta xizmatlari joriy qilinib, avtomobil va havo transporti xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplab berish mexanizmi yaratilishini ta’kidladilar. Shuningdek, sog’liqni saqlash sohasini moliyalashtirishni tubdan isloh qilish maqsadida bu yil majburiy tibbiy sug’urtaga oid qonunlarni qabul qilish va ularni amalga oshirish bo‘yicha barcha tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozimligini, ushbu tizimni joriy yilda Sirdaryo viloyatida tajriba sifatida qo‘llash boshlanishini qayd etdilar. Bundan tashqari, yangi “Ijtimoiy sug’urta to‘g’risida”gi hamda majburiy tibbiy sug’urtaga oid Qonunlar ishlab chiqish vazifalari qo‘yildi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadi-ki, rivojlangan 33 ta davlatdan 32 tasida umumiy majburiy tibbiy sug’urta tizimi joriy qilingan bo‘lib, ular 3 turdagi majburiy tibbiy sug’urtadan birini qo‘llashadi. Xususan 6 ta davlatda majburiy sug’urta polisi (insurance mandate) sotib olinadi. Mazkur tizim barcha fuqarolardan ish beruvchi orqali yoki davlatdan majburiy tibbiy sug’urta sotib olishni nazarda tutadi (Germaniyada kuzatiladi). Shu bilan birga, 9 ta davlatda, Frantsiya misolida ikki pog’onali tizim (davlat byudjeti va xususiy sug’urta kompaniyalari) joriy etilgan bo‘lib, bu tizimda davlat eng asosiy tibbiy xizmatlar uchun fuqarolardan soliq undiradi va bu tibbiy xizmatlarni bepul ta’minlab beradi. Fuqarolar qo‘shimcha tibbiy xizmatlar uchun o‘zlari mustaqil to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ushbu tizimni joriy qilishdan oldin tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi butun respublika bo‘ylab bir xil bo‘lishi kerak. Poytaxt fuqarosi bilan chekka qishloq aholisiga teng darajada tibbiy xizmat ko‘rsatilishi lozim. Bunga birdan erishib bo‘lmaydi va ma’lum vaqt talab qiladi. Rivojlangan davlatlarda ham majburiy tibbiy sug’urtani joriy etish uchun 20-30 yillab vaqt ketgan. O‘zbekiston sharoitida yaqin yillar ichida tizim yolga qo‘yiladigan bo‘lsa, fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini to‘laqonli amalga oshirish imkonini beradi. Sodda qilib aytganda, fuqaro sog’lig’i yomonlashib qolgan hollarda tibbiy xizmatlar uchun birdaniga katta miqdordagi mablag’ni to‘lay olmaslik xavfini oldini olish uchun majburiy tibbiy sug’urtadan foydalaniladi albatta, boshida kamchiliklardan holi bo‘lmaydi. Lekin muhim jihati shuki, majburiy tibbiy sug’urta tibbiyot rivoji yo‘lida qo‘yilgan eng dadil qadam bo‘lib qoladi. Download 14.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling