Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati, funksiyalari hamda asosiy atama va tushunchalar reja


Download 28.1 Kb.
bet3/7
Sana11.03.2023
Hajmi28.1 Kb.
#1258367
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sug

Tibbiy sug‘urta- aholi sog‘ligini himoya qilish vositalaridan biri. Sug‘urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan, sug‘urta polisi orqali bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta kompaniyasi to‘laydi. Tibbiy sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.
Mulkiy sug‘urta - turli ko‘rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan bog‘liq manfaatlar sug‘urta munosabatlarining ob’ekti hisoblangan, sug‘urtaning mustaqil tarmog‘i. Sug‘urtalanuvchining shaxsiy mulki, uning qaramog‘ida joylashgan mol-mulklar sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi sifatida, nafaqat mol-mulkning sohiblari, balki mol-mulkning saqlanishi uchun maspuliyatli bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar ham bo‘lishi mumkin.
Netto-stavka - brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-stavka sug‘urta qoplamasini to‘lashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari resurslari bo‘lib, u brutto-stavkaning 90 foizigacha miqdorini tashkil etishi mumkin.
Majburiy sug‘urta - sug‘urta munosabatlarinning qonun kuchiga ega bo‘lgan shakli. Majburiy sug‘urta qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu hujjatda sug‘urtaga tortiladigan ob’ektlar soni, sug‘urta javobgarligining hajmi, sug‘urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan, O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan har qanday sug‘urta kompaniyasi o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, majburiy davlat sug‘urta turlari ham mavjud. Masalan, harbiy xizmatchilar, davlat bojxona va soliq xizmati xodimlari hamda bir qatorda shunday toifadagi shaxslar baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasiga tortiladi. Bu sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Risklarni joylashtirish:
1) sug‘urta manfaati tufayli yuzaga keladigan sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarning boshlanish jarayoni. Risklarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi joylashtirish mos ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri sug‘urtalash, qayta sug‘urtalash va retrotsessiyani anglatadi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda risklarni joylashtirish sug‘urta vositachilari orqali sug‘urta bozorida amalga oshiriladi;
2) sug‘urta brokeri yordamida bir vaqtning o‘zida yirik va xavfli risklarni qismlarga bo‘lib bir nechta sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalash uslubi. Bir qancha sug‘urta kompaniyalari tarkibidan bittasi yetakchi sifatida ajralib chiqadi va u sug‘urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli qismini o‘z javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug‘urta kompaniyalariga murojaat qilib, riskning qolgan qismini ham joylashtiradi.
Sug‘urta - har xil noxush hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash hamda fuqarolarning hayotida tegishli sug‘urta hodisalari ro‘y berganda ularga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladigan va undan foydalanish bilan bog‘liq (maqsadli pul fondlari) iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. o‘tkazish shartiga qarab, sug‘urta majburiy va ixtiyoriy bo‘ladi. Ob’ektiga ko‘ra, mulkiy, shaxsiy va javobgarlik sug‘urtasiga bo‘linadi. Sug‘urtaning asosini risk tashkil etadi. Sug‘urta - bu riskni taqsimlash usulidir.

Download 28.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling