53-19 guruh Norqulov O’rol Suitsidal xavf so’rovnomasi (T.N.Razuvaeva tomonidan modifikatsiya qilingan) - Maqsad: suitsidal xavfning ekspress-diagnostikasi hisoblanib, suitsidal fikrning jiddiy o’z joniga qasd qilishga urinish ekanligidan ogohlantirish maqsadida uni shakllanish darajasining namoyon bo’lishidir. 8–11-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, uni individual va guruhiy test shaklida o’tkazish mumkin.
- Yo’riqnoma: Men fikrlarni o’qiyman, siz esa, javoblar varaqasida fikrlarga rozi bo’lsangiz “Q”, fikrlarga rozi bo’lmasangiz “-” ishorasini qo’yasiz
- 1.Hammangiz, boshqalarga nisbatan o’zingizni sezgir his qilasiz.
- 2.Sizni ko’pincha qayg’uli o’ylar qiynaydi.
- 3.Siz hayotda o’zingiz istagan mavqega erishishni umid qilmaysiz.
- 4.Siz omadsizlikka uchrasangiz, yangi ish boshlashingiz qiyin.
- 5. Sizni hayotda omadingiz kelmaydi.
- 6. Siz uchun ilgariga qaraganda o’qish qiyinlashib bormoqda.
- 7. Aksariyat odamlar sizdan ko’ra hayotdan mamnun.
- 8. Siz uchun o’lim gunohlarni yuvish hisoblanadi, deb o’ylaysiz.
- 9. Etuk insongina hayot bilan vidolashishi mumkin.
- 10. Vaqti-vaqti bilan sizda kulgu yoki yig’ini to’xtata olmaslik xuruji tutadi.
- 11. Siz kutmagan insonlarning do’stona munosabatda bo’lganlarga ehtiyotkorlik bilan qaraysiz.
- 12.Siz o’zingizni halokatga mahkum deb hisoblaysiz.
- 13. Agarda bu noqulayliklar bilan bog’liq bo’lsa, kamdan-kam insonlargina boshqalarga chin dildan yordam berishga harakat qiladi.
- 14. Sizni hech kim tushunmayotgandek, taassurot uyg’onadi.
- 15. Agar odam birovlarni qiziqtiradigan qimmatbaho narsani nazoratsiz qoldirsa, kim o’g’irlagan bo’lsa, o’shanchalik aybdor sanaladi.
- 16. Sizning hayotingizda hammasi tugagandek ko’ringan omadsizliklar bo’lmagan.
- 17.Siz o’z taqdiringizdan qoniqasiz.
- 18. Sizning o’ylashingizcha, har doim o’z vaqtida nuqta qo’yish kerak.
- 19. Hayotingizda sizning qarorlaringizga o’z ta’sirini o’tkaza oladigan va hatto o’zgartiradigan odam bor.
- 20. Mabodo sizni xafa qilishsa, xafa qilgan odamning nohaqligini qanday bo’lmasin isbotlashga harakat qilasiz.
- 21. Bu sizning gapirishingizga xalaqit berishidan tez-tez xavotirlanasiz.
- 22. Siz tushgan vaziyat adolatsizdek tuyuladi.
- 23. Ba’zida siz nojo’ya va hatto yomon ish qilib qo’ygandek bo’lasiz.
- 24. Kelajak sizga zulmatdek tuyuladi.
- 25.Aksariyat odamlar egri yo’l bilan foyda qilishadi.
- 26. Jiddiy rejalar tuzish uchun kelajak judayam noaniq.
- 27.Sizning yaqin oradagi xavotirlaringizni kamdan-kam odamlar boshdan o’tkazgan.
- 28. Siz noxushliklarga judayam chuqur qayg’urasizki, hatto xayolingizdan chiqarib tashlolmaysiz.
- 29. Ko’pincha, siz ehtiroslarga berilgan holda o’ylamasdan harakat qilasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |