Sulaymonov isfandiyorning iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan


Download 99.66 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi99.66 Kb.
#1580606
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Korxona foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi

Kurs ishining maqsadi korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va foydasi bilan bog’liq tushuncha va ko’rsatkichlarni aniqlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib berish, chuqurroq tahlil qilish orqali korxonalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishining predmeti. Korxonalarning foydasi va uning taqsimlanishiga oid masalalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi.
Kurs ishining obyekti. Bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning foydasi va uning taqsimlanishiga oid masalalar bilan bog’liq bo’lgan masalalar Kurs ishining obyekti sanaladi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos strategiyasi, tamoyil va ustivorlari, xorijiy va vatanimiz olimlarining olib borgan ilmiy ishlari ilmiy izlanishning nazariy-uslubiy asosi bo’lib xizmat kiladi.

1.Korxona foydasi haqida tushuncha


Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-harajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar, ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.
Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir. Lekin shu narsani aytish lozimki butun jamiyatda ba’zan alohida olingan bir mamlakatda foyda massasi bilan qo‘shimcha qiymat massasi miqdor jihatdan bir-biriga teng bo‘lishi mumkin. Lekin alohida olingan korxonalarda va tarmoqlarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulot olingan foyda miqdoran teng bo‘lmasligi mumkin. Chunki talab va taklif nisbatlarining va baho mexanizmining o‘zgarishi ta’sirida bir tarmoqda yoki bir guruh korxonalarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulotlar boshqa korxona va tarmoqlarga foyda shaklida o‘tib ketadi.
Korxonaning umumiy foydasidan budjetga (asosan soliq to‘lovlari) banklarga (olingan ssuda uchun foiz) to‘lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi.
Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida hosil qilinadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi.

Download 99.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling