Sulaymonova m. X


§6. Mexnatga xaq to‘lash va rag‘batlantirishning takomillashtirish


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/46
Sana17.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1550058
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Bog'liq
S9d3Rvb5i84bSVRAVQ90ZLI3zF20Lzs9tn1qCgKT

§6. Mexnatga xaq to‘lash va rag‘batlantirishning takomillashtirish 


77 
Hozirda ish hajmining tarif-tizimi tarif setkasi va tarif kvasifikatsiya 
ma’lumotnomasidan iborat. 
Birinchi razryad tarif setkasi eng kam ish haqi asosida belgilanadi. Yagona 
tarif setkasi kvalifikatsiya va quyi kvalifikatsiya darajasidagi ishchidan tortib 
respublika darajasidagi qonunchilik va ijroiya hokimiyati rahbarlarigacha ish haqi 
shkalasida iborat. Bunda tarif stavkalari differensiyasi faqat xodimlarning 
bajaradigan ishi murakkabligi va kvalifikatsiyasi belgilariga ko‘ra amalga 
oshiriladi. Mehnat shart-sharoiti, og‘irligi, ko‘p kuch talab qilishi, yakka holdagi va 
jamoa mehnatining miqdoriy hamda sifat natijalari kabi omillarni hisobga olish ish 
haqqini tashkil etishning boshqa elementlari orqali amalga oshiriladi. 
Ish haqi va mehnatni rag‘batlantirish tamoyillarini quyidagicha ta’riflash mumkin: 
1) universallik (ish haqi tizimi turli tashkiliy tuzilmalarda bir xilda yaxshi 
ishlashi lozim); 
2) oddiylik va qulaylik. 
3) avtomatik tarzda, tashqi aralashuvsiz yuzaga keladigan, belgilangan 
ko‘rsatkichlarni bajarganlik uchun jamoaviy javobgarlik;
4) jamoa ish haqini taqsimlashda adolatlilik. (jamoa har bir a’zosining ish haqi 
miqdori faqat shaxsiy ulushga bog‘liq va har bir chegara bilan 
cheklanmaydi) 
5) mehnat jamoasining nafaqat ish usuli va metodiga, shuningdek, uning yakuni 
ish natijalariga bog‘liq holda ish xaqi miqdorini belgilashdagi mustaqillik. 
Mehnatning samaradorligi mutaxassis ishlayotgan ish o‘rni va shart-
sharoitiga bevosita bog‘liq. Mutaxassis ish o‘rnini oqilona tashkil etish ish 
faoliyatida imkon qadar qulaylik va maqbul shart-sharoit yaratishni ta’minlaydi. 
Mutaxassis ish o‘rnini tashkil etishda quyidagi talablarni inobatga olish kerak 
bo‘ladi, ya’ni moddiy va ma’naviy manfatdorlik; jihozlar qulayligi; ogrtexnika 
vositalarini mavjudligi; ish va dam olishning oqilona rejimi va qulay sanitariya-
gigiena va estetik ish sharoitini yaratilganligi. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling