Sulaymonova m. X
mehnatga haq to‘lashni tashkil qilish
Download 1,4 Mb. Pdf ko'rish
|
S9d3Rvb5i84bSVRAVQ90ZLI3zF20Lzs9tn1qCgKT
mehnatga haq to‘lashni tashkil qilish
Yer tuzish bo‘yicha loyiha tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash mukofotli vaqtbay va mukofotli ishbay shakllarda amalga oshiriladi. Mukofotli vaqtbay ish haqi rahbarlar, muhandis-texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlariga to‘lanadi. Lavozimlari bo‘yicha belgilangan razryadlar orqali ish haqi to‘lanadi. Loyiha tashkilotlarining rahbarlari yuqori vakillik organlari ruxsati bilan va mahalliy kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda, asosiy ish haqi fondidan ikki foiz atrofida yuqori malakali mutaxassislarga lavozimlari bo‘yicha oylik maoshlariga 30 foizgacha ustama haq to‘lash belgilanadi. Filial va bo‘limlardagi boshqaruv 75 apparati xodimlariga esa, 20 fozigacha oylik maoshlariga ustama haq to‘lash belgilanadi. Ish yuzasi bilan bog‘liq ishlarni bajarishga borgan xodimlarga xizmat safari uchun haq to‘lanadi. Xizmat safari bilan bog‘liq harajatlar "Xizmat sifatiga haq to‘lash bo‘yicha yo‘riqnoma"ga asosan to‘lanadi. Mukofotli vaqtbay ish haqi to‘lashda asosiy hujjat ish vaqtini hisobga oluvchi tabel hisoblanadi. Mukofotli ishbay ish haqi tizimi qidiruv, izlanuv, texnik hisoblash, chizma-rasmiylashtirish ishlarini bajaruvchi mutaxassislarga qo‘laniladi. Bu ishlarni bajarish uchun muhandislar, tuproqshunoslar, geobotaniklar, katta texniklar, chizmakashlar, laborantlar jalb qilinadi. Yer tuzish bo‘yicha qidiruv, izlanuv va topografo-geodezik ishlarni bajaruvchi mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash mavjud bo‘lgan vaqt me’yorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar orqali amalga oshiriladi. Tabiiy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda loyiha tashkilotlarining mutaxassislariga asosiy ish haqiga qo‘shimcha qilib rayon koeffitsentlari 1.15 dan 2 gacha oraliqda to‘lash belgilanadi. Rayon koeffitsentlari va ustamalar joriy qilinadigan joylarning ro‘yxati, ularning qo‘llanish tartibi va miqdori O‘zbekiston Respublikasi xukumati tomonidan belgilanadi. Dala sharoitida ishlarni bajarayotgan mutaxassislarga lavozimlik maoshi haqidan 40-50 foiz miqdorida dala qo‘shimchasi to‘lanadi. Bunda hisob-kitob ishlarini olib borish uchun asosiy hujjat bo‘lib topshiriq – hisobot xizmat qiladi. Ishbay va vaqtbay ish haqi bilan birga xodimlarga qo‘shimcha rag‘batlantirish ya’ni mukofot puli to‘lanadi. Mukofotlash shartlari qoida buyicha mehnat shartnomasida kelishib olinadi. Yer tuzish buyicha tashkilotlar xodimlarining mukofotlash, “Loyiha tashkilotlari xodimlarining mukofotlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga muvofiq yillik ish xaqi fondidan 6.5 foizgacha miqdorda mukofot pulini ajratish ko‘zda tutiladi. Download 1,4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling