Sulfat kislota ishlab chiqarishning kontakt usuli
Download 0.67 Mb.
|
SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISHNING KONTAKT USULI JUMANIYOZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- (HF va SiF 4 )
- Oraliq issiqlik almashtirgichli kontakt jihozlarida
Suv bug‘i sulfat kislota kondensatsiyalanishidan yuqori haroratda vanadiyli kontakt massa faolligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmaydi. Past haroratda esa suv bug‘i va sulfat angidriddan hosil bo‘lgan sulfat kislotaning kondensatsiyalanishi va uning katalizatorni yemirishi natijasida kontakt massa faolligi pasayadi.
Normal kontaktlanish haroratida gaz tarkibida bo‘ladigan CO, CO2, H2S, CS2, NH3, NO, S va Se bug‘lari va boshqalar kabi moddalar vanadiyli kontakt massa faolligini sezilarli darajada pasayishiga olib kelmaydi. Past haroratda (masalan, jihozni ishga tushirish yoki to‘xtatishda) ularning ayrimlari vanadiy(V)-oksidning ma’lum darajada qaytarishi mumkin, bu esa kontakt massa tarkibining o‘zgarishiga olib keladi. Ftor birikmalari (HF va SiF4) ham vanadiyli kontakt massaning buzilishiga va uning faolligini pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun kontakt jihoziga beriladigan gaz tarkibidagi ftor yetarli darajada kam bo‘lishi lozimdir. Kontakt jihozlari. Sulfit angidridni oksidlash oraliq yoki ichki issiqlik almashtirgichli kontakt jihozlarida maqbul (optimal) sharoitga yaqinlashtirilgan sharoitlarda o‘tkaziladi. Bu jihozlarda jarayonning birinchi bosqichi bir xil o‘tkaziladi va jarayon kontakt massaning birinchi qatlami orqali 440OC haroratgacha qizdirilgan gaz o‘tkazish, bu yerda SO2 umumiy miqdorining 60-80% qismini oksidlashdan iboratdir. Reaksiya issiqlik ajralishi bilan borganligi sababli gazning harorati 560-600OC gacha ortadi. Bu sharoitda reaksiya tezligi juda yuqori bo‘ladi va uning borishi uchun uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda kontakt massa talab etiladi. Ammo bunda sulfit angidridning oksidlanishi to‘xtab qoladi, chunki kontaktlanish darajasi amalda muvozanatdagi holatiga erishadi. Oraliq issiqlik almashtirgichli kontakt jihozlarida gaz katalizatorning birinchi qatlamidan keyin issiqlik almashtirgichda 460-480OC haroratgacha sovutiladi. Ko‘rsatilgan haroratdagi gaz kontakt massaning ikkinchi qatlamiga o‘tadi, u yerda SO2 ning keyingi kontaktlanishi sodir bo‘ladi, bunda harorat yana ortadi hamda gazni yana sovutish lozim bo‘ladi va hokazo. Harorat ushbu jarayonning maqbul (optimal) sharoitiga qanchalik yaqinlashishi kontaktlanish bosqichining (kontakt massa qatlamining) ko‘pligiga bog‘liqdir. Sanoatda kontakt massa qatlami uchtadan beshtagacha bo‘lgan oraliq issiqlik almashtirgichli kontakt jihozlari ishlatiladi. Bosqich sonini bundanda oshirish kontaktlanish foizini ozgina oshiradi, lekin kontakt jihozlarini o‘rnatish va xizmat ko‘rsatishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Oraliq issiqlik almashtirgichli jihozlardagi SO2 oksidlanish jarayonini asbob-uskunalar bilan jihozlanishining eng sodda ko‘rinishi sifatida ikki uskuna bilan jihozlangan kontakt bo‘linmasini ko‘rsatish mumkin, unda kontaktlanish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi (4.8-rasm). Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling