Sulfat kislota ishlab chiqarishning kontakt usuli


Oleumli (birinchi) absorber


Download 0.67 Mb.
bet8/15
Sana28.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1303711
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISHNING KONTAKT USULI JUMANIYOZ

Oleumli (birinchi) absorber. Kontakt jihozidan chiqadigan gazlar oleumli absorberga keladi (4.18 – rasm). U vertikal po‘lat silindr 1 shaklida tayyorlangan to‘ldirgichli skrubber ko‘rinishida bo‘ladi. Uning ostki qismida halqali panjara 2 bo‘ladi, unga to‘ldirgichlar (po‘lat yoki sopol halqachalar) joylashtirilgan.



4.18 – rasm. Oleumli absorber:


1 – po‘lat silindr; 2 – halqali to‘r; 3 – to‘ldirgich; 4 – oleum taqsimlagich;
5 – to‘ldirgichni yuklash va tushirish uchun tirqish; 6 – kuzatish oynasi.

Oleumli absorberning o‘lchami va unga suyuqlik taqsimlash uchun uzatiladigan oleumning miqdori sulfat kislotali tizimlar unumdorligiga bog‘liqdir. Odatda 1 t/s mahsulot ishlab chiqarish uchun to‘ldirgichdagi gazning tezligi 1 m/sek va absorber tirqishlarining 1 m2 ga suyuqlik taqsimlash zichligi 10-12 m2 bo‘lganda absorberdagi to‘ldirgich yuzasi 600 dan 1000 m2 bo‘lishi talab etiladi.


Monogidratli (ikkinchi) absorber. Bu absorber ham xuddi quritish minorasi kabi o‘rnatilgan va 98,3% li sulfat kislota suyuqligi taqsimlanadi. Kislotaning absorberdan o‘tishi paytida sulfat angidridni yutadi, uning konsentratsiyasi 98,7-99% H2SO4 gacha ortadi. Monogidrat yig‘gichida kislota suv yoki quritgich kislota bilan boshlang‘ich konsentratsiyagacha suyultiriladi va sovutgich orqali yana monogidratli absorberga suyuqlik taqsimlanadi.
Monogidratli absorberning o‘lchami va taqsimlash uchun beriladigan monogidrat miqdori odatda oleumli absorberdagi kabidir yoki undan bir oz kattadir (to‘ldirgich yuzasi 1200 m2/t∙s va suyuqlik taqsimlash zichligi 20 m3/m2∙s).
Oleum va monogidrat yig‘gichlari tegishlicha absorberlarga biriktirilgan bo‘ladi. Ular turli hajmdagi (kichik quvvatdagi zavodlarda 10 m3, katta korxonalarda 50 m3) idishlardan iboratdir. Oleumli va monogidratli yig‘gichlar po‘latdan tayyorlangan va ularning ichki qismi kislotaga chidamli plitkalar bilan himoyalangan bo‘ladi.
Kislota sovutgichlari. Absorberlarda sulfat angidridni yutilishida ko‘p miqdorda issiqlik ajraladi va taqsimlanadigan kislotani qizib ketishiga olib keladi, uni esa sovutish lozimdir. Bu maqsadda sug‘orish va quvurniqobli sovutgichlar ishlatiladi. Kontaktli sulfat kislota ishlab chiqarishda ta’mirlash qiyinligi uchun spiral sovutgichlar keng ko‘lamda ishlatilmaydi. Oleumli va monogidratli absorberlarning suyuqlik taqsimlanadigan sovutgichlari tuzilishi jihatdan bir-biriga o‘xshaydi, faqatgina bo‘lmalari soni va ular tayyorlanadigan materiali bilan farqlanadi. Oleumli sovutgich po‘latdan, monogidratli sovutgich cho‘yandan yoki kislotaga chidamli po‘latdan tayyorlanadi.
4.19 – rasmda to‘rtta bo‘lma 1 dan iborat va po‘lat taglikka o‘rnatilgan monogidratli sovutgich tasvirlangan. Har bir bo‘lmada ikki vertikal qatorda parallel quvurlar bo‘ladi. Quvurning yuqori qismi kollektor 2 ga, pastki qismi kollektor 3 ga mahkamlangan. Quvurlarning har bir qatorida tarnovlar bo‘lib, quvur ustidan sovituvchi suv oqadi va suv yog‘och yoki beton ariqcha 4 larga va undan kanalizatsiyaga oqib tushadi.

4.19 – rasm. Monogidratli sovutgich:
1 – sovutgich bo‘lmalari; 2,3 – yuqori va ostki kollektorlar; 4 – ariqcha;
5 – kislota chiqish shtutseri; 6 – kislota kirish shtutseri.

Qaynoq kislota pastki kollektor 3 ga shtutser 5 orqali kelib tushadi, parallel oqimdagi quvurlar bo‘yicha taqsimlanadi va yuqori kollektor 2 da shtutser 6 orqali chiqqan kislota yig‘ib olinadi.


4.20 – rasmda oleumni quvurniqobli sovutgichi tasvirlangan. U ajratilgan po‘lat quvurlar 1, quvurlar to‘rli panjarasi 2 va 3 hamda po‘lat niqob 4 dan iboratdir. Oleum quvurlararo bo‘shliq orqali, suv esa quvurlar orqali harakatlanadi. Oleumning suv bilan to‘qnashishini oldini olish maqsadida qo‘shimcha to‘rli panjara 5 o‘rnatiladi, ular qisqa po‘lat quvurlar 6 orqali maqkamlanadi.



4.20 – rasm. Oleumning quvurli sovutgichi:
1 – po‘lat quvurlar; 2,3 – to‘rli panjaralar; 4 – po‘lat niqob; 5 – qo‘shimcha to‘rli panjara; 6 – qisqa po‘lat quvurlar; 7 – plastmassali quvurlar.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling