Sulfat kislota navlari va ishlab chiqarish apparatlari materiallari


Download 40.33 Kb.
bet2/3
Sana13.02.2023
Hajmi40.33 Kb.
#1194984
1   2   3
Bog'liq
7 ma`ruza

2.1.-jadval.

H2SO4· nH2O

SO3·mH2O

H2SO4,%

SO3(ozod)%

Kristallanish temperaturasi.oC

N2SO4·4N2O

SO3·5H2O

57,6




-24,4

N2SO4·2N2O

SO3·3H2O

73,2




-39,6

N2SO4·N2O

SO3·2H2O

84,5




+8,48

H2SO4

SO3·H20

100




+10,37

H2SO4·SO3

2SO3·N2O

110,1

44,95

+35,85

H2SO4·2SO3

3SO3·H2O

113,9

62

+1,2

3.2. SULFAT KISLOTA NAVLARI XAKIDA.

YUqoridagi 2.1.-jadval va 2.1.-rasmdan ko‘rinib turibdiki, sulfat kislotaning suv bilan yoki SO3 bilan aralashmasi kristallanish xaroratlari konsentratsiya oshishi bilan birga bir holda qonuniyat bo‘yicha o‘zgarmas ekan. Buning sabablari xozirgacha aniq emasdir. Bu savolni xal qilish biz va siz hamda kelgusi avlodlar uchun muammo bo‘lib qolmoqda. Bu esa sulfat kislota kursini muammoliy o‘qishning namunalaridan biridir. SHunday qilib kimyo sanoatida sulfat kislotaning eng past xaroratida kristallanadigan navlari ishlab chiqariladi. CHunki aks holda sulfat kislotaning kristallanish eritmalari esa xajm kengayishi bilan ketganligi uchun sulfat kislota saqlagan idish sisterna, apparat va xokozolarni chok-chokidan yorib yuborib, o‘ta xavfli sharoit vujudga keltiradi. SHunday qilib sulfat kislotasining quyidagi navlari amaliyotda ishlab chiqariladi.


Sulfat kislota navlari. 2.2.-jadval.

Kislota navi

H2SO4 %

ozod SO3

Kristallanish temperaturasi,0C

Kamerali

65




-37

Minorali

75




-41

Kuporos moyi

93,3




-37,8

Standartli oleum

104

18,5

-17,7

YUqori %li oleum

114,6

65

0,37

Bulardan tashqari akkumulyatorli va reaktiv sulfat kislotalari ham ishlab chiqariladi. Reaktiv sulfat kislotasi 3-xil navi toza, taxlil uchun tozalari kimyoviy toza.


Bulardan eng tozasi - kimyoviy toza navidir.


II.3. SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIKARISHDA KULLANADIGAN MATERIALLAR.

Sulfat kislotasi qanday konsentratsiyaga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, qora metallarga yoki ularning qotishmalariga: masalan-oddiy po‘lat va cho‘yanga ta’sir qilganda, ular tarkibidagi temir bilan reaksiyaga kirishib, temir sulfat tuzi va vodorod ajralib chikadi, chunki temir elementi Beketov katoridagi vodoroddan oldin turgani uchun:


Fe + H2SO4 = FeSO4 + H2 + Q18 (2.1.)
Bundan kurinib turibdiki, sulfat kislotasi temir bilan uchrashgan zaxotiyoq, uni tusatdan korroziyalab, temir sulfat tuzini hosil qiladi. Ammo, korroziya jarayoni keyinchalik ham davom qiladimi-yo‘kmi, bu sulfat kislotasining konsentratsiyasiga va unda hosil bo‘lgan temir sulfat tuzining erish qobiliyatlariga bog‘liqdir. Ma’lumki, temir sulfat tuzi kuchli sulfat kislotasida deyarli erimaydi. Bu xususiyat juda katta ahamiyatga egadir. CHunki bu vaqtda hosil bo‘lgan temir sulfat tuzi idishning ichki qismga yupqa qatlam sifatida yopishgan holda qolib, sulfat kislotasining molekulalarini idish devoriga utkazmay, idishni keyinchalik korroziyasidan saqlab qoladi.
Agarda kuchsiz sulfat kislotasi bo‘lsa, bunday holat ro‘y bermaydi, chunki kuchsiz sulfat kislotasida temir sulfat yaxshi eriydi va korroziya tez amalga oshiriladi. Umuman, oddiy po‘lat va cho‘yan temir bilan uglerodning qotishmasidan iborat. Agarda uglerodning miqdori 2,8% gacha bo‘lsa, bunday qotishma oddiy po‘lat deyiladi. Agarda uglerodni miqdori 2,8- 6,8% gacha bo‘lsa bu cho‘yan deyiladi. Agarda kislotaning konsentratsiyasi o‘zgaruvchan bo‘lsa, yuqori legirlangan, zanglamaydigan po‘lat ishlatiladi. Masalan: X18N9T, X18N10T, bu erda xrom 18%, nikel 10%, titan 1%gacha bo‘lib, uglerodning miqdori 0,1% gacha bo‘lib, har qanday po‘lat tarkibida mingdan bir foiz aniqligicha fosfor, kremniy, oltingugurt va qolgani temir buladi. Agarda sulfat kilotasining konsentratsiyasi past bo‘lsa, qo‘rg‘oshindan yasalgan idishlar ishlatiladi, chunki bu vaqtda qo‘rg‘oshin bilan sulfat kislota reaksiyaga kirishib:
Pb + H2 SO4 = PbSO4 + H2 + Q19 (2.2.)
hosil qiladi, ya’ni qo‘rg‘oshin sulfati kuchsiz kislotada yomon erib, kuchlisida yaxshi eriydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, birigina sulfat kislotasi o‘zining konsentratsiyasiga qarab, qora metallarga nisbatan xar xil sifat namoyon etar ekan: ya’ni quyuq bo‘lsa korroziyalanmaydi, suyuq bo‘lsa temir va ularni qotishmalarini korroziyalaydi. Bu esa filosofiyaning «Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga ta’siri» qonuniga misol bo‘la oladi. Zanglamaydigan po‘latlar hozirgi kunda anchagina qimmat turganligi bilan o‘zgaruvchi konsentratsiyali muxitda, amaliyotda, nisbatan arzon bo‘lgan oddiy po‘latlar ishlatilib, uning sirtini esa kislotaga chidamli xar xil koplamalar bilan qoplanadi. Bular asosan ikki xil: noorganik va organik qoplamalar. Noorganik qoplamalar ham ikki xil bo‘ladi.
1.Tabiiy qoplamalar - bazalt, kvarsit, talk, asbest, beshtaunit kabi tarkibi silikat tuzlardan tarkib topgan moddalar ishlatiladi.
2.Sun’iy qoplamalari - keramika, fosfor, emal va fayans qoplamalari kiradi.
Organik qoplamalari barcha plastmassa maxsulotlari, ya’ni polietilen, polivinil xlorid, antegmit va xokazolar kiradi; ularning yaxshi ishlashi uchun kislota kuchli konsentratsiyasiga ega bo‘lsa, xarorat unchalik yuqori bo‘lmasligi kerak (45-50o S). Agarda kuchsiz kislota bo‘lsa, xarorat 150o S gacha ruxsat etiladi.
CHo‘yan idishlar yuqori konsentratsiyalangan sulfat kislota sharoitida bemalol chidashi mumkin. Kuruq o‘choq gazi ichi qoplanmagan, oddiy po‘latdan yasalgan gaz quvirlarida bemalol ishlatilishi mumkindir, chunki namlik bo‘lmasa bunday qora metall korroziyaga uchramaydi.

Download 40.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling