Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarish. Reja


Sulfat kislota ishlab chiqarishning «Xemiko» sxemasi


Download 368.69 Kb.
bet3/9
Sana23.04.2023
Hajmi368.69 Kb.
#1388560
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
stajirofka

2. Sulfat kislota ishlab chiqarishning «Xemiko» sxemasi

Tabiiy oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarishning «Mon­santo» (AQSH) va «Lurgi» (Germaniya) firmalari tomonidan yaratilgan sxemalari yuqorida bayon etilgan sxemadan ayrim texnologik tarmoqlar va jihozlarning joylashishi bilan farqlanadi (1.37-rasm).


3-rasmda tasvirlangan sulfat kislota ishlab chiqarishning «Xemiko» sxemasi unchalik ko‘p ishlatilmasada, o‘zining soddaligi bilan ajrahb turadi. Qattiq qo'shimchalardan filtrlangan suyuqlan tirilgan oltingugurt pech (4) ning forsunkasi bilan sachratiladi va ventilator (3) bilan uzatiladigan havo bilan aralashtirilib yondiriladi. Sulfit angidrid yuttirish qozoni (5) da sovitiladi va kontakt jihozi (6) ga keladi. Gaz haroratini pasaytirish uchun kontakt massaning birinchidan keyingi qatlamlariga sovuq atmosfera havosi qo‘shiladi.

Chiqindi











3-rasm. Oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi: a—«Monsanto» firmasi sxemasi: 1—havo purkagich; 2—quritish minorasi; 3—oltingugurtni yondirish pechi; 4—yuttirish qozonlari; 5—gaz filtri; 6—bug‘li qizdirgich; 7—kontakt jihozi; 8—yuttirish qozonlaridan ta’minlanadigan suvli qizdirgich; 9—angidridli sovitgich;
10—oleumli absorber; 11—monogidratli absorber; 6—«Lurgi» firmasi sxemasi: 1—5, 7, 8—a sxema bo‘yicha; 6—issiqlik almashtirgich; 9—havo qizdirgich; 10—monogidratli absorber.

4-rasm. Oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarishning «Xemiko» sxemasi: 1—oltingugurtni suyuqlantirgich; 2—filtr; 3—ventilator; 4—oltingugurtni yondirish pechi; 5—yuttirish qozoni; 6—kontakt jihozi; 7—absorber; 8—Venturi quvuri; 9—siklon; 10—mo‘rili quvur; 11—kislota sovitgich; 12—mahsulot kislotasini yig‘gich; 13—nasoslar; 14—kuchsiz kislotani yig‘gich; 15—suv yig‘gich.
Tarkibida sulfat angidrid tutgan kontakt jihozidan chiqadigan gazlar aralashmasi ikki kameradan iborat barbotajli absorber (7) ga yuboriladi. Birinchi kamerada gazlar aralashmasi sulfat kislota qatlami orqali o‘tadi va soviydi; bunda gazdagi sulfat angidrid va suv bug‘ining asosiy qismi kondensatsiyalanib sulfat kislotaga aylanadi. Ikkinchi kamerada gaz sulfat kislota ustidan o‘tish orqali qo‘shimcha sovitiladi; bunda qolgan sulfat kislota bug‘lari kondensatsiyalanadi va birinchi kameradan gaz bilan chiqadigan sulfat kislota tomchilarining bir qismi tutib qolinadi.
Absorberdan chiqadigan gaz Venturi quvuri (8) orqali siklon (9) ga yuboriladi. Venturi quvurida gaz yuqori tezlikda harakatlanadi va unga forsunkalar orqali sulfat kislota eritmasi purkab turiladi. Gaz bilan suyuqlikning jadal aralashishi natijasida sulfat kislota tomchilari yiriklashadi va siklon (9) da cho‘ktirilib kuchsiz kislota eritmasi olinadi. Siklondan chiqadigan gaz mo‘rili quvur (10) orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Absorber (7) ning birinchi kamerasidan chiqadigan mahsulot sifatidagi 93—97% li kislota sovitgich (11) ga, so‘ngra yig‘gich (12) ga tushadi, u yerdan tayyor mahsulot omboriga yuboriladi. Absorber (7) ning ikkinchi kamerasida yig‘iladigan kislota birinchi kameraga oqib tushadi. Agar kerak bo‘lsa uni yig‘gich (14) ga uzatiladi, u yerda suv bilan suyultiriladi va Venturi quvuri (8) va absorberning ikkinchi kamerasiga beriladi.
Nam kataliz usuli bilan vodorod suiriddan kontakt sulfat kislota olish. Nam katalizning mohiyati shundan iboratki, sulfit gazi tarkibidagi SO2 bilan birgalikda anchagina miqdorda suv bug‘lari bo‘ladi, u vanadiyli katalizatorda sulfat angidridga oksidlanadi. Gazli aralashma keyinchalik kondensatorda sovitiladi, u yerda hosil bo‘ladigan sulfat kislota bug‘lari kondensatsiyalanadi. Bu usul bo‘yicha sulfit angidridni sulfat angidridga oksidlash suv bug‘i ishtirokida amalga oshiriladi, shu sababli bu usul nam kataliz usuli deyiladi.



Download 368.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling