Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarish. Reja
Download 368.69 Kb.
|
stajirofka
Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarish. REJA: Kirish. Asosiy qism. 1. Oltingugurtdan kontakt sulfat kislota olish. 2. Sulfat kislota ishlab chiqarishning «Xemiko» sxemasi 3. Konsentrlangan vodorod sulfiddan sulfat kislota ishlab chiqarish 4. Konsentrlangan sulfit angidriddan kontakt sulfat kislota olish. 6.Vanadiyli kontakt massa. 7. SVD kontakt massasini tayyorlashning texnologik sxemasi 8.Qaynovchi qatlamdagi katalizatorda SO2ning oksidlanishi. 9. Kontakt jihozlari to’grisida ma’lumot 10. Qaynar qatlam pеchlarida rux bоyitmalarini kuydirish jarayonini hisоblash Xulosa. Foydalangan adabiyotlar. Kirish. Sulfat kislota kimyo sanoatining asosiy mahsulotlaridan biri hisoblanadi. U mineral o‘g‘itlar, turli xildagi mineral tuzlar va kislotalar, organik mahsulotlar, bo‘yoqlar va boshqalar ishlab chiqarishda keng miqyosda ishlatiladi. Sulfat kislota ishlatilmaydigan yirik zamonaviy sanoat korxonalari mavjudligini tasavvur etish qiyin. Sulfat kislotadan neftni qayta ishlash, metallurgiya, metallarni qayta ishlash, to‘qimachilik, charm va boshqa sanoatlarda suvsizlantiruvchi va qurituvchi modda sifatida, neytrallash jarayo- nida, metallarni tozalashda va boshqa bir qancha maqsadlarda foydalaniladi. XIX asr boshlarida oltingugurtni alohida pechlarda yondirish, azot oksidlarni esa selitrani sulfat kislota bilan parchalash orqali olish yo‘lga qo‘yildi. Sulfat kislota ishlab chiqarish usuli yildan yilga takomillashib bordi, buning natijasida mahsulot tannarxi kamaytirildi, ayniqsa, 1837-yildan boshlang‘ich xomashyo sifatida oltingugurt o‘rniga oltingugurt kolchedani ishlatila boshlandi. Qo‘rg‘oshinli kameralar o‘rniga to‘ldirgichli minoralarning ishlatilishi va azot oksidlari qo‘llash orqali sulfat kislota ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish ishlab chiqarish samaradorligini bir necha marta oshirishni ta’minladi. Bu usul sulfat kislota ishlab chiqarishning minorali usuli deb ataldi Xozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha sulfat kislotasi ishlab chiqarishning 2 xil usuli mavjuddir: 1.Nitroza usuli; 2. Kontakt usuli. Nitroza usuli 2 xil turga: a) Kamerali tur; b) Minorali turga bo‘linadi. Nitroza va kontakt usullarining bir-biridan asosiy farqi asosan SO2 gazini SO3 gaziga qanday oksidlashga bogliqdir. Nitroza usulida o‘choq gazi tarkibidagi SO2 yuqori bo‘lmagan xaroratda suyuq fazadan iborat nitrozada absorbsiyalanib, shu vaktning o‘zida u, ya’ni SO2 oksidlanib, suyuk fazada maxsuliy sulfat kislotasi hosil qiladi Fan va texnikaning so‘nggi yutuqlaridan foydalashish, ilg‘or tajribalarni joriy etish, yangi usullarni qo‘llash yo‘li bilan ishlab chiqarishni uzluksiz takomillashtirish sulfat kislota ishlab chiqarish sanoatining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun sulfat kislota ishlab chiqarish usullarining asosiy negizlarini hamda ulardagi hisoblarni amalga oshirishni chuqur o‘rganish kimyoviy texnologiya va ishlab chiqarish tayyorlov yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari talabalari oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Sulfat kislota Uzbekiston Respublikasining asosan quyidagi korxonalarida ishlab chiqaradi: 1.Olmaliq tog‘ - kon metallurgiya konbinatida; 2.Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasida; 3.Samarqand kimyo zavodida; 4.Chirchiq “Elektrokimyo sanoati” birlashmasida ; 5. Navoiy tog‘ - kon metallurgiya konbinatida va x.k. Download 368.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling