Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarish. Reja


Oltingugurtdan kontakt sulfat kislota olish


Download 368.69 Kb.
bet2/9
Sana23.04.2023
Hajmi368.69 Kb.
#1388560
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
stajirofka

Oltingugurtdan kontakt sulfat kislota olish.

T
arkibida mishyak va selen tutgan oltingugurtdan (masalan, oltingugurt bug‘idan) kontakt sulfat kislota ishlab chiqarishning texnologik sxemasi kolchedanni qayta ishlash sxemasidan deyarli farq qilmaydi.


1-rasm. Reaktiv sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi: 1—oleumli absorber gaz o‘tkazgichi; 2—gaz filtri; 3—barbotajli absorber; 4—SO2 purkash absorberi; 5—suv bug‘i kondensatori; b—havo filtri.
Boshqacha aytganda, faqat pech bo‘linmasi qayta jihozlangan, unga oltingugurtni yoqish uchun tegishli pech o‘rnatilgan bo‘ladi va qurnq elektrofiltrlar bo‘lmaydi. Ammo mishyak va selen tutmagan tabiiy oltingugurt ishlatilganda bu sxema deyarli to‘la o‘zgaradi. Bu holatda kuyundi gazlarini maxsus tozalash talab etilmaydi, shu sababli uning sovitilishi va yuvilishi shart emas.
17.2-rasmda tabiiy oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi tasvirlangan. Oltingugurt tagidan suv bug‘i o‘tadigan po‘lat quvurlardan panjara hosil qilingan bunker-suyuqlantirgichga kelib tushadi. Panjaralarda oltingugurt suyuqlanadi va tindirgich (4) ga oqib tushadi, u yerda suyuq oltingugurtdagi muallaq qo‘shimchalar tozalanadi. So‘ngra oltingugurt nasoslar bilan filtr (5) orqali yig‘gich (6) ga uzatiladi, u yerdagi nasos uni pech (7) ning forsunkasiga yo‘naltiradi. Ortiqcha toza oltingugurt yig‘gich (6) dan tindirgich (4) ga oqib tushadi.
2 rasm. Tabiiy oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi:
1-quritish minorasi; 2-tomchi ushlagich; 3-havo purkagich;
4-tindirgich; 5-filtr; 6-toza oltingugurt yig‘gichi; 7-pech; 8-bug‘latgich; 9-bug‘li isitgich; 10-kontakt jihoz(kontakt massaning I-V qatlamlari); 11-issiqlik almashtirgich; 12-angidridli sovitgich;
13-oleumli absorber; 14-monogidratli absorber; 15-tomchi ushlagich;
16-aylanma yig‘gichlar.
Yondirish jarayoni uchun kerakli havo quritish minorasi (1) tomchi ushlagich (2) laridan o‘tib pech (7) va kontakt jihozi (10) ga purkaladi. Oltingugurtni yondirish uchun pech silindrik ko‘rinishdagi himoyalangan jihoz bo‘lib, undagi yuttirish qozoni (bug‘latgich) (8) va bug‘li qizdirgich (9) uning oxiri hisob- lanadi.
Pechda hosil bo‘ladigan 1100—1200°C haroratdagi sulfit angidrid yuttirish qozonida 440—450°C gacha sovitiladi va besh qatlamli kontakt jihozining birinchi qatlam kontakt massasiga tushadi. Kontakt massasining birinchi qatlamida haroratni to‘g‘rilab turish uchun gazning bir qismi pechdan to‘g‘ridan to‘g‘ri kontakt jihoziga uzatiladi. Kontakt massa birinchi qatlamidan chiqadigan gaz bug‘li qizdirgich (9) ga, so‘ngra kontakt massaning ikkinchi qatlamiga keladi. Kontakt massaning birinchi va ikkinchi qatlami kontakt jihozining pastki qismida joylashgan. Kontakt massaning ikkinchi qatlamidan chiqadigan gaz birin-ketin issiqlik almashtirgich (11), kontakt massaning uchinchi va to‘rtinchi qatlamlaridan o‘tadi, undan so‘ng quritilgan atmosfera havosi kiritish orqali sovitiladi va so‘ngra kontakt massaning beshinchi qatlamiga kiradi.
Kontakt jihozidan chiqadigan gaz angidridli sovitgich (12) da sovitiladi va oleumli (13) va monogidratli (14) absorberlardan iborat hamda tegishli qo‘shimcha jihozlari bo‘lgan absorbsiya bo‘linmasiga yuboriladi.
Tabiiy oltingugurt tarkibida kerosin va bitumlar aralashmasi (flotareagent qoldiqlari) bo‘ladi, ular pechda yonganda suv bug‘i hosil qiladi. Oltingugurt tarkibida kerosin va bitumlar miqdori ko‘p bo‘lganda hosil bo‘ladigan suv bug‘i miqdorining belgilangan me’yordan ortib ketishi absorbsiya bo‘linmasida sulfat kislotali tuman hosil bo‘lishiga va kislota bir qismining chiqindi gazlari bilan yo‘qo- tilishiga olib keladi.
Sulfat angidrid absorbsiyasida bulut (tuman) hosil bo‘lishining oldini olish uchun sulfat kislota (98,3% li H2SO4) suyuqlik sifatida taqsimlanadigan monogidratli absorberda harorat jihozga kirishda 80—90°C va chiqishda 110—120°C da ushlab turiladi. Haroratning ortishi bilan sulfat kislota bug‘larining to‘yinishi kamayadi va buning natijasida bulut (tuman) hosil bo‘lmaydi yoki uning miqdori anchagina kamayadi



Download 368.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling