Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarish. Reja


Konsentrlangan vodorod sulfiddan sulfat kislota ishlab chiqarish


Download 368.69 Kb.
bet4/9
Sana23.04.2023
Hajmi368.69 Kb.
#1388560
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
stajirofka

3. Konsentrlangan vodorod sulfiddan sulfat kislota ishlab chiqarish

Konsentrlangan vodorod sulfiddan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi 1.39-rasmda tasvirlangan. Pech (3) ga ventilator (2) orqali vodorod sulfid va havo aralashmasi beriladi. Pechdan 1000°C haroratda chiqadigan gaz yuttirish qozoni (4) ga keladi, u yerda gaz issiqligidan bug‘ olish uchun foydalaniladi. 450°C haroratgacha sovitilgan gaz oraliq issiqlik almashtirgichli kontakt jihozi (5) ga uzatiladi. Kontakt massa orasidan o‘tadigan gazning haroratini pasaytirish uchun unga atmosfera havosi kiritiladi.


T
arkibida SO3 va suv bug‘i tutgan kontakt jihozidan chiqadigan gaz halqali to‘ldirgich to‘ldirilgan va sulfat kislota suyuqlik sifatida taqsimlanadigan minorali kondensator (7) ga keladi. Suyuqlik sifatida taqsimlanadigan kislotaning harorati minoraga kirishda 50—60°C, minoradan chiqishda esa 80—90°C ni tashkil etadi. Gazning sovitilishi natijasida sulfat angidrid va suv bug‘idan sulfat kislota bug‘lari hosil bo‘ladi, so‘ngra u kondensatsiyalanadi. Minora (7) ning pastki qismida gazning tez sovishi sodir bo‘ladi, shuning
5-rasm. Yuqori konsentratsiyali sulfit angidrid gazidan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi: 1—filtr; 2—ventilator; 3—pech; 4—bug‘li yuttirish qozoni; 5—kontakt jihozi; 6—sovitgich; 7—minom- kondensator; 8—elektrofiltr; 9—aylanuvchi eritma yig‘gichi; 10—nasos.
uchun sulfat kislota bug‘larining yuqori darajada to‘yinishiga olib keladi. Bug‘ning bir qismi (35%) bu hajmda bulut (tuman) hosil qilib kondensatlansa, qolgan qismi elektrofiltr (8) da kondensatlantiriladi.

4. Konsentrlangan sulfit angidriddan kontakt sulfat kislota olish.

O‘txona gazlari yoki rangli metallurgiya gazlaridan ajratib olingan konsentrlangan sulfit angidridni qayta ishlashning texnologik sxemasi ancha sodda, chunki bunda sulfat kislotali tizimda pech bo‘linmasi bo‘lmaydi. Bundan tashqari, sulfit angidridni tozalash shart emas, chunki xomashyodan SO2 ni ajratib olish jarayonidayoq gaz faol vanadiyli kontakt massaga zararli ta’sir etuvchi qo‘shimchalardan tozalanadi.


Oltingugurtli xomashyoni yondirish uchun texnologik kislorod (95% O2) ishlatilganda kuyundi gazidagi SO2 ning miqdori yuqori (80—90%) konsentratsiyaga yetadi. Ammo bunday gaz tarkibida chang va boshqa qo‘shimchalar bo‘ladi, shuning uchun bu gaz odatdagi sxema bo‘yicha tozalanadi va shundan so‘nggina kontakt bo‘linmasiga yuboriladi.
Konsentrlangan SO2 ni oksidlash uchun yetarli miqdordagi kislorod havo bilan yoki texnik kislorod tarzida kiritiladi. 100% li SO2 ni havo bilan aralashtirilganda sulfit angidridning maqbul konsentratsiyasi 20% ni tashkil etadi. Lekin bunday aralashmani to‘g‘ridan to‘g‘ri kontakt massaning birinchi qatlamiga berib bo‘lmaydi, chunki bunda katalizatorning birdaniga qizib ketishi va uning ishdan chiqishi kuzatiladi. Kontakt massa qizib ketishining oldini olish uchun amalda quyidagi usul ishlatiladi: 100% li sulfit angidrid ikkita bir xil oqimga ajratiladi, ulardan biriga barcha sulfit angidridni oksidlash uchun kerak bo‘ladigan havo aralashtiriladi; bunda gaz aralashmasidagi SO2 konsentratsiyasi 7,5% gacha pasayadi. Bunday gazli aralashma issiqlik almashtirgichda 440°C gacha qizdiriladi va kontakt massasining birinchi qatlamiga uzatiladi. Bu qatlamdan chiqadigan gaz 100% li sulfit angidrid oqimi (yoki oqimning bir qismi) bilan qo‘shiladi, kontakt massasining ikkinchi va keyingi qatlamlariga uzatiladi va gazlar aralashmasi 460—470°C harorat gacha sovitiladi (1.40-rasm).








Havo

SO3 absorbsiya bo ‘linmasiga

7,5% SO2

SO3

7,5% SO2

О
JR
о
о

100% SO2
Bu sxemaning absorbsiya sxemasi odatdagicha bo‘ladi. Kontakt gazidagi SO3 ning konsentratsiyasi yuqori bo‘lganligi uchun tarkibida 35% SO3 (erkin) bo‘lgan oleum olinishi mumkin. 4-rasm. Konsentrlangan sulfit angidrid bilan ishlaydigan kontakt apparati keltirilgan.
6. bo‘linmasining sxemasi: 1—issiqlik almashtirgich; 2—kontakt jihozi;
3—kontakt massa; 4—ichki issiqlik almashtirgich.

Download 368.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling